Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash
Download 1.5 Mb.
|
Dissertatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari
Jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi va rivojlanib borishi, yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning bevosita insonning kundalik hayotiga ta’siri borgan sari insonni ommaviy axborot kommunikatsiyalari tarqatadigan xabarlar oqimiga bog‘liq qilib qo‘ymoqda. Inson o‘zining jamiyatdagi xulq-atvori va hayoti uchun zarur ma’lumotlarni faqatgina kundalik hayotiga asoslanib oladigan bo‘lsa, u juda oz ma’lumotga ega bo‘ladi. Inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy axborotni ko‘proq teleradio dasturlaridan, davriy nashrlardan, global tarmoqdan oladi. Bu hol ayniqsa, insonning ayniqa, insonning bevosita tajribasida o‘z ifodasini topmaydigan masalalarda, masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga doir, siyosiy etakchilar haqidagi, iqtisodiy kon’yuktura va boshqa shu kabilar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar shakllanishida yorqin namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, insonning axborot-psixologik xavfsizligi – uning atrof-muhit bilan axborot orqali aloqada bo‘lish sharoitlarida faol ijtimoiy sub’ekt sifatidagi yaxlitligini va rivojlanishi imkoniyatini ta’minlovchi himoyalanganlik holatidir.2.2. Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillari2.2. Yangi taraqqiyot davrida mustaqillik g‘oyalariga bo‘lgan ehtiyojning subyektiv omillariO‘zbekiston mustaqillikka erishgandan boshlab milliy xavfsizlik tizimini mustahkamlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Davlatning mustaqillikka erishuvi bilan faxrlanish ruhiy kayfiyat bag‘ishlaydi, ammo uning doimiyligini saqlash va qudratini yanada oshirib brish o‘ta muhim dolzarb vazifani tashkil etadi. Mustaqillikning ilk yillarida mamlakat fuqarolarini mustaqillik g‘oyalari asosida birlashtirish ancha og‘ir kechdi. Aholining aksariyat ishchi qatlami mustaqillikka ko‘nikolmay, sobiq ittifoq soxta mafkurasi ostida qolib ketishi kuzatildi. Bu ta’sir 2010 yillardan keyin ancha susaydi va mustaqillik mafkurasi aholi barcha qatlamlarini diyarli qamrab oldi. Ayniqsa chetdan kirib kelayotgan chalg‘ituvchi, mustaqillikni emirishga qaratilgan diniy, ma’naviy, mafkuraviy yot g‘oyalarning ta’siriga ko‘plab yoshlarning tushib qolishi mamlakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni qayta ko‘rib chiqishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Mamlakat xavfsizligiga ta’sir etayotgan tashqi omillardan ko‘ra ichki ziddiyatlarning xavfi yuqori ekanligi o‘timishimizdan ma’lum.Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling