Xamesifonsimonlar ajdodi – Chamesiphonopsida
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
Ajdod: Xamesifonsimonlar – Chamesiphonopsida
Turkum: Dermokarpa – Dermocarpa
Turkum: Xamesifon – Chamaesiphon
Bu ajdodga bazal va apikal qismlarga ajralgan va substratga birikib o‘sadigan bir ajdodcha hujayrali epifit suvo‘tlari va shuningdek alohida qalin po‘stli hujayralar to‘plamida hosil bo‘lgan ipsimon shaklli suvo‘tlari kiradi. Ko‘payishi endospora va ekzospora hosil qilish yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Endospora hosil qilib ko‘payadigan vakillariga misol qilib, dermokarpa (Dermocarpa) bilan tanishamiz, uning shakli sharsimon, tuxumsimon ko‘rinishda bo‘lib, hujayralari to‘p – to‘p bo‘lib joylashgan. Asosan to‘xtab qolgan suv havzalarida va dengiz suvlarida o‘sadi. Ona hujayra protoplazmasining uch yo‘nalishda bo‘lishi natijasida to‘rtta yoki juda ko‘p sonli endosporalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan bu endosporalar hujayra po‘stining ustki (apekal) qismini yorilishi natijasida sporalar tashqariga sochiladi. Ipsimon shaklidagi vakillarida ham endospora rivojlanadi. Masalan, pasherinema (Pascherinema) turkumi vakillarida. Xamesifon (Chamaesiphon) turkumiga mansub turlari chuchuk suvlarda o‘sib, ekzosporalar hosil qiladi. Ularni hujayralari ellipssimon, noksimon yoki barmoqsimon shaklga ega bo‘ladi va bazal qismi substratga birikib o‘sadi. Apekal qismidan ekzosporalar yetiladi.
Gormogonsimonlar ajdodi – Hormogoniopsida
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Ko‘k – yashil suvo‘ttoifalar – Cyanophyta
Ajdod: Gormogonsimonlar – Hormogoniopsida
Qabila: Ossillatoriyanamolar - Oscillatoriales
Turkum: Ossillatoriya – Oscillatoria
Qabila: Nostoknamolar - Nostocales
Do'stlaringiz bilan baham: |