«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ossillatoriyanamolar qabilasi – Oscillatoriales
Turkum: Nostok –Nostoc
Bu ajdodga kiradigan suvo‘tlar, ko‘p hujayrali ipsimon shaklda bo‘lib, har bir hujayra qo‘shni hujayra protoplazmasi bilan plazmodesma ipchalar vositasida birikadi. Ko‘payish gormogoniyalar va sporalar vositasida bo‘ladi va bu ajdod bir nechta qabilalarga bo‘linadi. Shulardan ossillatoriyanamolar (Oscillatoriales), nostoknamolar (Nostocales) va stigonemanamolar (Stigonematales) qabila vakillari bilan tanishamiz. Ossillatoriyanamolar qabilasi – Oscillatoriales Bu qabilaga kiruvchi ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarining tallomi ipsimon gomosit shaklidadir. Bu qabilaning eng muhim turkumi ossillatoriya bilan tanishamiz. Bu turkum vakillari nam tuproq, suv ostidagi substratlar yuzasida qalin po‘stli to‘plamlar hosil qiladi. Ossillatoriyaning tanasi oddiy ipsimon shilimshiq pardasi bo‘lmagan hujayraning eni bo‘yidan bir necha marta katta. Ossillatoriya ipi tanasi bo‘ylab bir xil tuzilgan hujayralardan iborat. Hujayralar ko‘ndalangiga bo‘linishi natijasida o‘sadi. Ipsimon tallomi o‘z o‘qi atrofida to‘lqinsimon harakatlanadi. Harakatchan gormogonlar vositasida ko‘payadi va har bir gormogondan yangi ip o‘sib yetishadi . Tropik dengizlarda plankton holda tarqalgan trixodesmium (Trichodesmium) turkumi vakillarini uchratish mumkin. Bular ossillatoriyadan parallel joylashgan bog‘lamlari bilan farq qiladi. Bundan tashqari ossillatoriyaga yaqin turkumlardan spirulina (Spirulina) dir. U tuzilishi jihatdan ossillatoriyaga o‘xshash bo‘lib, undan tanasini spiral buralganligi bilan farq qiladi. Spirulaning ba’zi turlari masalan: Spirulina maxima hujayrasida juda ko‘p miqdorda (60-68% quruq massa) protein to‘playdi va shu sababli qadimdan Afrikaning bir qancha hayvonlari uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Oxirgi yillarda qator mamlakatlarda jumladan, MDX da spirulina turlarini madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda. Chuchuk suv havzalarida Lingbiya (Lyngbya) lar orasida ko‘p o‘zakli hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan vakillari ham uchraydi. Bularga misol qilib hamma dengiz suvlarida ayniqsa tropik dengizlarda ko‘p, o‘sadigan korallina (Corallina) bilan tanishamiz. Uni tallomi tikka o‘sadi, shoxchalar bo‘lib, har bir hujayra qo‘shni xujayra protoplazmasidan, ipli gormogon shakldagi suvo‘tlarni birlashtiradi. Bu turkum bir qancha turlardan iborat. Anabena (Anabaena) turkumi. Bu turkum vakillarining vegetativ hujayralari odatda alohida yoki to‘da bo‘lib to‘plangan ipchalardan iboratdir. Ipi ko‘rinishida simmetirik, orasida geterosistlari joylashgan, bochkasimon yoki dumaloq va deyarli bir xil enilikka ega. Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari ba’zi belgilari bilan boshqa suvo‘tlari bo‘limlari bilan aloqador. Ammo, hujayrasining kimyoviy tuzilishi jihatdan uvoqli (bakteriya)larga yaqin to‘radi. Hujayra tarkibida xlorofill "a" bo‘lishi bilan eukariotlarga, ayniqsa qo‘shimcha fikobilisom pigmenti borligi va tilakoidlarning alohida joylashganligi bilan qizil suvo‘ttoifalarga yaqin turadi. Ko‘k-yashil hamda qizil suvo‘ttoifalarda xivchinli stadiyalar uchramaydi. Shunga qaramasdan o‘tmishda bu ikki bo‘lim suvo‘tlari o‘rtasida umumiy o‘xshashlik bo‘lgan, lekin hozir ular shunchalik uzoqlashganki, bu to‘g‘rida biron aniq fikr yuritish qiyin. Ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari, qizil suvo‘ttoifalarga nisbatan juda ham qadimgi bo‘lib, qoldiqlari Kembriy davridan oldin topilgan. Hozirgi vaqtda uchraydigan ko‘k-yashil suvo‘ttoifalarning ba’zi bir vakillari Paleogendan boshlab chuchuk suv havzalarida o‘sadi. Shunday qilib ko‘k-yashil suvo‘ttoifalari uzoq geologik davrlarda differensiyalashib borgan va keyinchalik sezilarli darajada morfologik o‘zgarishlarga uchramagan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling