«biotexnologiya» kafedrasi
Xlorokokknamolar yoki protokokknomalar qabilasi –
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
Xlorokokknamolar yoki protokokknomalar qabilasi – Chlorococcales – Protococcales.
Bu qabilaga kokkoid, bir hujayrali, koloniyali va senobiy shakldagi suvo‘tlar kiradi. Xlorokokkonamolarni hujayrasi xuddi volvoksnikiga o‘xshash tuzilishga ega bo‘lib, hujayra ichida sitoplazma, pirenoid kosachasimon xromotofor, markazida bitta yadro joylashadi. Ularda xivchin tebranuvchi vakuola va stigma (qizil ko‘zcha) bo‘lmaydi. Suv turchasi hujayrasida xromatofor joylashgan. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar va aplonospora (avtospora)lar vositasida bo‘ladi. Senobiy turlarida zoospora va aplanosporalar volvoksnamolarga o‘xshash ona hujayra ichida qiz senobiy hosil qilib o‘sadi. Jinsiy ko‘payishi izo-getero va oogamiya. Jinssiz ko‘payish vaqtida hosil bo‘ladigan zoospora va aplasporaga asoslanib, bu tartib ikki gruppaga: xlorokokk - zoospora kabilar (Chlorococcales-zoosporinae) va xlorokokk - avtosporakabilar (Chlorococcales –autosporinae) ga bo‘linadi. Biz ikkala gruppaning ayrim turkumlari bilan tanishamiz. Xlorokokk - zoosporakabilar – Chlorococcales-zoosporinae Xlorokokk (Chlorococcum) turkumi turli substratlarda: chuchuk suvlarda, tuproqda, toshlarda, daraxt po‘stloqlarida, gul tuvaklarida o‘sib, unga och yashil rang beradi; zamburug‘lar bilan qo‘shilib, lishayniklarni hosil qiladi. Hujayrasi sharsimon bir yoki bir necha pirenoidga ega. Zoosporalari cho‘ziq ikki xivchinli bo‘lib, ona hujayra ichida 8- 32 gacha hosil bo‘ladi. Ular ona hujayra devorini yirtib, suvga chiqadi, suvda bir oz suzib, xivchinlarini tashlab, po‘st bilan o‘ralib, yangi sharsimon hujayraga aylanadi. Keyinchalik bu yosh hujayra o‘sib, ona hujayra shakliga kiradi. Jinsiy ko‘payishi izogamiya. Turkum Gidrodiksion – Hydrodictyon yirik makroskopik senobial suvo‘t bo‘lib, ko‘proq oqmaydigan va azotga boy chuchuk suvlarda o‘sadi. Uzunligi 15-30 sm. Ba’zi turlarida silindr yoki uzunchoq hujayralar uchtadan bo‘lib, uchlari bilan tutashib, likopchasimon shakldagi tur hosil qiladi. Masalan, Hydrodictyon africanum boshqa turlari Hydrodictyon reticulatum hamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi. Hydrodictyon africanum, kichik suv omborlari ostida to‘planadi, uni hujayrasi silindr shaklda bo‘lib, diametri 1sm. Hydrodictyon reticulatum – suv turi senobial makroskopik bo‘lib, hamma tomoni berk silindrga o‘xshaydi bo‘yi 0,5 m ga, eni 10-15 sm ga etadi. Hujayra devori to‘r shaklida bo‘lib, u yirik uzunligi 1 sm li hujayra uchlarining o‘zaro 4-5 tasining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan katakchalardan tuzilgan. Sitoplazma hujayra po‘sti ostiga joylashgan. Hujayra markazini vakuola ishg‘ol etadi, xromatoforlari ko‘p pirenoidli va ko‘p yadroli. Pediastrum (Pediastrum) toza suvlarda yoki subsratga yopishgan holda o‘sadi. Uning taraqqiyot sikli gidrodiksionga o‘xashash bo‘lib, koloniyasi qalin po‘stli ko‘p qirrali qalin bargga o‘xshaydi. Pediastriumning jinsiy ko‘payishi suv turnikiga o‘xshash, biroq ular poliedr davrini o‘tkazadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling