«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet24/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Euastrum (Eastrum)ni hujayrasi cho‘ziqroq, botiq joylashgan “belbog‘”hujayrani yarimta parrakli keng qayrilgan bo‘lib, undan bir necha uymali parrakchalar hosil bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan desmidiumnamolar vakillari vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish hujayraning "belbog‘" qismidan, ko‘ndalang bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Yosh individlar ona hujayradan yarimtadan hujayra oladi, ularni yetishmagan tomoni o‘sib o‘z simmetriyasini tiklaydi. Jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi. Kon’yugatsiya vaqtida ikkita hujayra bir-biriga yaqinlashib, shilimshiq bilan o‘raladi. Klosteriumda kopulyatsion kanal hosil bo‘ladi, va uni ichida kopulyatsiya qiladigan hujayrani protoplasti qo‘shiladi. Ba’zi desmidiumnamolar qabilasining vakillarida kopulyasiya qilinadigan hujayraning yarim (kopulyatsion kanal hosil qilmasdan) ajralib chiqib ketadi. Ularni protoplasti qo‘shilib zigota hosil qiladi. Boshqa turlarida masalan, Slosterium linaetum - da kopulyatsiya qiladigan hujayraning protoplasti bo‘linib, ikkitadan gametalar hosil qiladi. Bu gametalarni bir-biri bilan qo‘shilishdan "ikkilamchi" zigota taraqqiy etadi. Zigota tinchlik davrini o‘tgandan so‘ng, bahorda uni diploid xromosomali yadrosi reduksion bo‘linib, to‘rtta gaploid yadro hosil qiladi. Hosil bo‘lgan gaploid yadrolarni ikkitasi hayotchan bo‘lib, ikkita o‘simta o‘sib chiqadi. Hujayrasi ipsimon desmidiumnamolarning vakillari desmidium (Desmidium) va gialoteka (Hyalotheca) misol bo‘ladi. Bularni hujayrasi bo‘lingandan keyin, ajralib ketmasdan, bir biri bilan mustahkam qo‘shiladi. Hujayrasi ikkita simmetriyadan iborat bo‘lib, shilimshiq jild bilan o‘ralgan. Desmidium turlari har xil shaklda tuzilgan. Masalan, D. sylindricum ni hujayrasi mikroskopda ust qismidan qaralsa, u oval shaklda ko‘rinadi. Respublikamizni turli suv havzalarida tarqalgan. D. snartzii ni ipi to‘q yashil rangda bo‘lib, uchburchak shaklda ko‘rinadi. Gialoteka (Hyalotheca)ning ipi silindrsimon shaklda bo‘lib, ust tomondan qaralganda yumaloq shaklda ko‘rinadi. Ipi qalin jild bilan o‘ralgan. Bularni jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya. Ko‘pchilik vakillarida kopulyatsion ip ko‘payishdan oldin alohida hujayralarga bo‘linadi. Faqatgina D. snartzii turida kopulyatsiya vaqtida kanal hosil bo‘ladi. Desmidiumnamolar tartibining vakillari tarkibida temir tuzlari ko‘p, ammo kalsiy tuzi kamroq bo‘lgan suvlarda ko‘proq tarqalgan. Ayniqsa, balchiqlarda ko‘proq uchraydi. Matashuvchisimonlar ajdodining ko‘zga tashlanadigan eng xarakterli belgilaridan biri, u ham bo‘lsa, xivchinli stadiyalarni yo‘qligi va jinsiy ko‘payishining o‘ziga xos (kon’yugatsiya-matashish) shaklda bo‘lishligidadir. Ana shu belgilarga asoslanib, eski adabiyotlarda matashuvchilarni, diatom suvo‘tlar bilan qo‘shib, Zygophyta deb nomlangan. Keyingi yillarda, xivchinli stadiyalarni yo‘qligi boshqa yashil suvo‘ttoifalarida (masalan, avtosporali xlorokokknomalarda) ham aniqlangan. Bundan tashqari, kon’yugatsiya vaqtida (netridium, spirogira) protoplastida monad hujayraga xos bo‘lgan belgilaridan biri, harakatchan vakuolalarni paydo bo‘lishi, assimilyatsiya mahsuloti kraxmal yashil suvo‘tlariga xos belgi ekanligini e’tiborga olib, matashuvchilar yashil suvo‘ttoifalari bo‘limiga qo‘shib o‘rganish maqsadga muvofiq. Matashuvchilar ajdodining eng sodda tuzilgan vakillari mezoteniumnamolar, qabilasi bo‘lib, zigotaning o‘sishidan to‘rtta hayotchan gaploid yadrolar yetishadi. Ularni o‘sishidan to‘rtta individ taraqqiy etadi. Evolyutsiya protsessida mezotiniumnamolardan, desmidiumnamolar va zignemanomalar kelib chiqqan. Keyinchalik evolyutsiya davom etar ekan, desmidiumnamolarning hujayrasi murakkablashib borgan, zignemanamolarni hujayrasi esa, ipsimon bo‘lib, oddiy tuzilishda saqlangan. Har ikkala qabila vakillarida jinsiy protsess natijasida hosil bo‘ladigan zigotaning diploid xromosomali yadrosi reduksion bo‘lingandan keyin, desmidiumnamolarda ikkita, zignemanamolarda esa, bitta yadro hayotchanligini saqlab qoladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling