Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1. Matashuvchisimonlar ajdodi boshqa ajdodlardan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
2. Klassifikasiyasi va muhim vakillarini ko‘rsating.
3. Xarasimonlarning tuzilishi va ko‘payishi.
4. Bu suvo‘tlarning qanday ahamiyati bor?
6-ma’ruza: Sariq-yashil suvo‘tlar, yoki har xil xivchinlilar bo‘limi – Xanthophyta, Heterocontae.
Reja
1. Tallomi va hujayrasining tuzilishi.
2. Hujayrasidagi zaxira moddalar,ko‘payishi.
3. Sinflarga bo‘linish asoslari va asosiy sinflari. Vakillari va ularning rivojlanish sikli.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar. Sariq-yashil suvo‘ttoifalar –Xantophyta, Har hil xivchinli – Heterocontae ,Ksantosifonsimonlar – Xanthosiphonopsida, Botridiyanamolar– Botrydiales Botridium – Botrydium.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Sariq-yashil suvo‘ttoifalar –Xantophyta, Har hil xivchinli – Heterocontae
Ajdod: Ksantosifonsimonlar – Xanthosiphonopsida
Qabila: Botridiyanamolar– Botrydiales
Turkum: Botridium – Botrydium
Qabila: Vosheriyanamolar – Vaucheriales
Turkum: Vosheriya – Vaucheria
Bu bo‘lim vakillari har xil sharoitda keng tarqalgan ammo toza chuchuk suv havzalarida juda ko‘p uchraydi. Bular yashil suvo‘ttoifalarga ancha o‘xshashdir. Shuning uchun ham ilgari bu bo‘lim vakillari yashil suvo‘ttoifalarga qo‘shib o‘rganilgan. Hozirda bir qancha muhim belgilarini hisobga olib, mustaqil bo‘lim sifatida ajratilgan. Eng muhim belgilari qatoriga qo‘yidagilar kiradi: harakatchan vakillarida ikkita xivchin bo‘lib biri uzun va shoxlangan (mastigonema), qisqasi esa silliq bo‘ladi. Tuban tuzilgan vakillarining hujayra po‘sti periplastdan, ko‘pchilik turlarida hujayra po‘stining devori pektindan, ba’zi vakillarida esa hujayra po‘sti sellyulozadan tashkil topgan. Ba’zan ikki qatordan tashkil topgan hujayra devorchasi qum tuproqli bo‘ladi. Hujayraning yaltiroq sitoplazmasida bitta yoki ko‘p sonli juda ham mayda yadrosi, disksimon, plastinkasimon, yulduzsimon yoki kosachasimon xromatofora bo‘ladi. Xromatofora ko‘pincha pirenoidsiz bo‘lib, ayrim hollarda pirenoid uchraydi. Xromatoforda xlorofill "a", "s", a, karotin va uch xil ksantofill: lyutein, violaksantin va neoksantin pigmentlari uchraydi. Bu pigmentlarning turli nisbatlarda qo‘shilishidan ularni rangi oqish sariqdan - qoramtir sariq, ba’zilari yashil va hatto havo ranglarda bo‘lishi mumkin. Hujayrada kraxmal to‘planmay balki, yog‘ tomchilari, ba’zan volyutin va xrizolaminarin to‘planadi. Harakatchan vakillarida xromatoforni uch tomonida qizil ko‘zcha joylashadi. Monad shakldagi vakillarini old qismida bitta yoki ikkita qisqaruvchan vakuolasi bo‘ladi. Hujayrada mayda kristalchalar tarzidagi tanachalar bo‘lib, ularni tabiati va ahamiyati haligacha aniqlanmagan. Vegetativ ko‘payishi hujayraning teng ikkiga bo‘linishi vositasida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yoki aplanosporalar hosil qilish yo‘li bilan vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |