«biotexnologiya» kafedrasi
Ksantotrixsimonlar ajdodi -
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tribonemanamolar qabilasi - Tribonematales
- Ksantosifonsimonlar ajdodi - Xanthosiphonopsida
- Botridianamolar qabilasi - Botrydiales
Ksantotrixsimonlar ajdodi - Xanthotrichopsida
Bu ajdod turlarining tallomi oddiy yoki shoxlangan ipsimon shaklda bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Plastinkasimonlar tallomi hujayralar bir qator bo‘lib joylashgan. Bu suvo‘tlar asosan temperaturasi past bo‘lgan chuchuk suvlarda tarqalgan. Tribonemanamolar qabilasi - Tribonematales Bu qabilaning tipik vakili sifatida yashil tribonemani (Trobonema viridis)ni misol qilib olishimiz mumkin. Dastlab shoxlangan tallomi bazal hujayralar yordamida substratga birikkan holda o‘sadi. Keyinchalik bazal hujayralarni o‘lishi natijasida yashil tribonema suv betiga ko‘tariladi va yorug‘lik kam tushadigan soya joyga siljib erkin holda o‘sadi. Ipi silindrsimon yoki bochkaga o‘xshash hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayra sitoplazmasida bitta yadro va bir necha sarg‘ish-yashil xromatoforalar bo‘lib, hujayra devori atrofida joylashadi. Ksantosifonsimonlar ajdodi - Xanthosiphonopsida Bu ajdodga sifonsimon, tallomi hujayrasiz, tashqi ko‘rinishi murakkab, yirik ko‘p yadroli va sariq-yashil xromotoforga ega bo‘lgan suvo‘tlar kiradi va tubandagi qabilalarga bo‘linadi: 1) botridinomalar - Botrydiales; 2) vosheriyanomalar - Vaucheriales. Botridianamolar qabilasi - Botrydiales Bu qabila vakillarining tallomi pufaksimon, xaltasimon yoki ipsimon ko‘rinishda bo‘lib, sellyulozali va pektinli po‘st bilan qoplangan, hujayrada ko‘p sonli xromatofor va yadrolari bo‘ladi. Yoz faslida nam tuproq yuzasida, ko‘l va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlarida, yo‘l chekkalarida, shu jumladan paxta maydonlarida ham qoramtir-yashil g‘uborlarni 1 mm, balandligi 2 mm gacha keladigan pufaksimon ko‘rinishdagi botridium (Botridium)ni ko‘rish mumkin. Uni pastki qismi ingichkalashib tuproqqa birikkan joyi shoxlanib rangsiz rizoid hosil qiladi. Hujayra sitoplazmasida juda ko‘p sonli disksimon xromatofora, mayda yadro va yog‘ tomchilari uchraydi. Pufakcha markazini hujayra shirasi bilan to‘lgan yirik vakuola egallaydi. Yomg‘ir yog‘ib botridiumni suv qoplaganda, pufakcha ichidagi protoplast bir qancha bo‘laklarga bo‘linib, ko‘p sonli zoospora vujudga keladi va tepa qismidagi teshikchalardan tashqariga suvga chikadi. Zoospora oralarida uzun qisqa ikkita xivchin, yadro va xromatoforalar bo‘ladi. Zoospora suvga chiqqandan keyin bir qancha vaqt harakatlanib, keyin suvi qurigan to‘proqqa o‘rnashib, xivchinlarini tashlab, qalin po‘st bilan o‘ralib, rivojlanadi va o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi. Basharti, uzoq muddat davomida yog‘ingarchilik bo‘lmasa, (vegetatsiya davrining oxirida) uni ustki qismi aplonospora hosil qiladi, yoki protoplast rizoidga oqib o‘tadi va sistaga yoki gipposporaga aylanadi. Namlikda sista o‘sib zoosporalar hosil qilib, yangi o‘simlikka aylanadi. Bularda jinsiy ko‘payish kuzatilmagan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling