«biotexnologiya» kafedrasi


Laminariyanamolar qabilasi -


Download 0.86 Mb.
bet36/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Laminariyanamolar qabilasi - Laminariales
Bu qabila vakillarini gametofiti (jinsiy ravishda ko‘payuvchi individ) bir-biridan juda ham oz farq qiladi, ular ipsimon o‘simtalar shaklida bo‘lib, reduksiyalangan mikroskopik tuzilishdagi hujayralardan tashkil topgan ba’zilarida jinsiy organlar bo‘ladi. Erkak gametofitda kichkina bir hujayrali anteridiy yuzaga keladi va undan bitta spermatozoid taraqqiy etadi. Urg‘ochi gametofitda bitta oogoniy rivojlanadi, uni ichida bitta tuxum hujayra bo‘ladi. Tuxum hujayra yetilgandan so‘ng, oogoniydan tashqariga chiqadi va urug‘lanadi, shundan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Zigota darhol unadi va o‘sib sporafit nasl beruvchi ko‘p yillik o‘simlikka aylanadi. Sporofit individ 60-100 m uzunlikka ega bo‘lib, morfologik qismlarga ajralgan va murakkab tuzilishga ega. Ko‘pincha laminariyaning sporofiti bargsimon, plastinka, poya va rizoidlarga bo‘lingan bo‘ladi. Rizoidlari bilan suv ostidagi toshlarga, qoyalarga yopishib o‘sadi. Bargsimon plastinkasi bilan rizoidlari orasida interkolyar o‘suvchi zona-meristema joylashadi va uni hisobidan poya va barg plastinkasi bo‘yiga o‘sadi. Ko‘p yillik vakillarida rizoid bilan poya qishlaydi, barg plastinkasi har yili to‘kiladi va har yili bahorda yangi plastinka hosil bo‘ladi. Sporofitda haqiqiy to‘qimalar shakllangan, buni mayda hujayrali tashqi po‘stloq va yirik hujayrali ichki po‘stloqni hosil bo‘lishida ko‘rish mumkin. O‘rtada markaziy o‘zak chigallashgan iplardan tashkil topadi. Ko‘pincha laminariyaning po‘stlog‘ida ko‘ndalang to‘siqlar bilan ajralgan to‘rsimon naychalar bo‘lib, bu naychalarda juda ko‘p teshikchalar joylashgan. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan naychalar o‘tkazuvchi to‘qima vazifasini bajaradi. Bu qabilaga laminariya (Laminaria) vakillari misol bo‘ladi. Bu shimoliy dengiz va okeanlarida juda keng tarqalgan. Bularni sporofit nasl beruvchi tallomi o‘lkan bo‘lib, uzunligi bir necha metrga yetadi va bargsimon plastinka, poya, rizoidlarga bo‘lingan. Rizoid va poyasi ko‘p yillik barg plastinkasi har yili to‘kilib o‘rniga yangisi paydo bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish vaqtida barg plastinkasini po‘stloq hujayralarida to‘p-to‘p bo‘lib, biruyali sporangiy (soruslar vujudga keladi va uni ichida zoosporalar yetiladi. Bu zoosporalar o‘sib mikroskopik erkak va urg‘ochi (gametofit) o‘simtalarga aylanadi. Qabilaning eng yirik tallomga ega bo‘lgan vakillaridan biri Makrotsistis (Macrosystis) va Nereotsistis (Nereosystis) turlari bilan tanishamiz. Makrotsistis janubiy yarim sharlari dengizlarida tarqalgan bo‘lib, tallomi 60 m uzunlikda, ana shunday tallomni diametri 1 sm gacha bo‘ladi; poyasini pastki qismi silliq, plastinkasimon barglarini ostida havo pufakchalari bo‘lib, bargni suvda qalqib turishida imkon yaratadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling