«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari?


Download 0.86 Mb.
bet38/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari?.
1.Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning umumiy xususiyatlarini ko‘rsatib qanday ajdodlarga ajralishini tushuntiring.
2.Izogeneratsimonlar va geterogeneratsimonlar ajdodlari qanday xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
3.Laminariyaning ko‘payishi va undagi nasillar gallanishini tushuntirib bering?


9-ma’ruza: Pirofitsimon suvo‘tlar bo‘limi – Pyrrophyta
Reja
1. Hujayrasining tuzilishi. Pigmentlari. Asosiy vakillari. Ko‘payishi.
2. Pirofit suvo‘tlarning hujayrasi va tallomining o‘ziga xos tuzilishi. 3. Kriptofitsimonlar – Cryptophyceae va Dinofitsimonlar – Dinophyceae sinflari, asosiy vakillari, tuzilishi va ko‘payishi.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar. kriptofitsimonlar (Cryptopsida) va dinofitsimonlar (Dinopsida) Peridinanamolar – Reridiniales, Peridinium – Peridinium,Seratsium – Ceratium.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Bu bo‘lim ikki ajdodiga: kriptofitsimonlar (Cryptopsida) va dinofitsimonlar (Dinopsida) ga bo‘linadi. Bu bo‘lim suvo‘tlari asosan monad tuzilishga ega bo‘lib, kokkoid, palmelloid va ipsimon shaklli vakillari juda kam uchraydi. Ularning hujayrasida o‘simliklar va hayvonlarga xos bo‘lgan belgilar mujassamlashgan. Juda ko‘p vakillarida hujayra po‘sti qattiq xromatoforada, xlorofildan tashqari karotin, ksantofill, peridinin permitlari bo‘lib, ular hujayraga qo‘ng‘ir jigarrang, sariq va ba’an tillorang tus beradi. Assimilyatsiya mahsuloti kraxmal.
Kriptofitsimonlar ajdodi - Cryptopsida
Bular hovuz, ifloslangan halqob suvlarda ko‘proq tarqalgan bo‘lib, ba’zan katta suv havzalarida va ko‘llarda ham o‘sadi. Bu ajdod vakillari-bir hujayrali monad shaklda, ba’zan kokkoid palmelloid shakllari ham uchraydi. Hujayra dorzoventral tuzilishda, periplast bilan o‘ralgan. Hujayrani old qismida bitta qo‘ng‘ir shaklda joylashgan chuqurchasi bo‘ladi. Ba’zilarida bo‘g‘iz ham uchraydi. Hujayrani old qismida ikkita lentasimon deyarli bir-biriga teng bo‘lgan xivchin bo‘ladi, ikkala xivchinda mastigonema bo‘lib, bittasida ikki qator joylashgan. Xromatoforalari bitta, ikkita yoki ko‘p bo‘lishi mumkin, rangi har xil, chunki xlorofilldan tashqari tilakoid ichida xlorofill "a" va "s" bo‘lib, uni tarkibida karotin, ksantofill ba’zilarida fikobilin (fikotsianin va fikoeritrin) bo‘ladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling