«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari?


Download 0.86 Mb.
bet40/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari?.
1. Bu bo‘lim suvo‘tlarning umumiy xususiyatlarini ko‘rsatib qanday ajdodlarga ajralishini tushuntiring.
2. Pirofit va evglenofit ajdodlari qanday xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
3. Pirofitning ko‘payishi va undagi nasllar gallanishini tushuntirib bering?


10-ma’ruza: Evglenasimon suvo‘tlar bo‘limi – Euglenophyta.
Reja
1. Hujayrasining tuzilishi,pigmentlari,asosiy vakillari,ko‘payishi.
2. Pirofit suvo‘tlarning hujayrasi va tallomining o‘ziga xos tuzilishi.
3. Asosiy vakillari, tuzilishi va ko‘payishi.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar.
Ma’ruza mavzusi bayoni.
Hozirgi vaqtda bu suvo‘tlarni 10. 000 yaqin turlari ma’lum. Ko‘pchilik vakillari monadi shaklda bo‘lib, ayrimlari - amyoboid va kokkoid shaklda ham bo‘ladi. Ular harakatchan rangli organizmlar guruhidan aloqalari yo‘q. Ularni tuzilishi, bioximik tarkibi va fiziologik funksiyasi suvo‘ttoifalar harakatsiz xivchinlari reduksiyalangan spora uchun ham bo‘lar suvo‘tlar sistemasida alohida o‘rin egallaydi. Ehtimol, evglenofit suvo‘tlar evolyutsiya protsessida rivojlanmasdan qolgan va ayrim vakillari o‘lib ketgan qandaydir organizmlarni qoldiqlari bo‘lsa kerak. Evglenofitlar organik moddaga boy bo‘lgan kichikroq oqmaydigan chuchuk suv havzalarida tarqalgan. Ba’zan ular suv havzalarini ustida to‘planib, harakat qilmaydigan yupqa parda hosil qiladi va suvga sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir tus beradi. Bular avtotrof, saprofit va parazitlik bilan hayot kechiradi. Parazitlari suvda yashovchi kichik hayvonlarni ichaklarida hamda qurbaqa va baliqlarni jabralariga o‘rnashib hayot kechiradi. Ko‘pchilik vakillarini tanasi ovalsimon, ellipsimon va urchuqsimon tuzilishda bo‘ladi, ba’zilari spiralsimon buralgan bo‘ladi. Hujayra pellikula bilan qoplangan. Ba’zi turlarida uni usti g‘adur-budur, temir va marganets tuzlari bilan to‘yingan va rangli bo‘lishi mumkin. Pellikula protoplasti zichlashgan oqsil qavatidan tashkil topgan; yumshoq, elastik va rangsiz, plazmolema ostida joylashadi. U juda ko‘p bir biri bilan mustahkam tutashgan, harakatchan, yo‘l-yo‘l tasma yoki chiziqlardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘g‘iz ("halqum")dan boshlanib, spiral shaklda aylanib hujayrani oxirigacha yetadi. Yo‘l-yo‘l tasmalar orasida uzunasiga ketgan egatchalar bo‘lib, ularni ustida burtmalar hosil bo‘ladi va shu burtmalar hisobidan hujayra usti gadur-budur bo‘ladi. Yo‘l-yo‘l chiziqlar ostida shilimshiq tanachalar bo‘lib, o‘zidan shilimshiq ajratib pora orqali chiqib pellikulaga o‘tadi va uni elastik holga keltiradi. Bularni ba’zi turlari yorug‘likka juda sezgir. Uni harakati yorug‘lik tomonga bo‘lsa ijobiy fototaksis, aksincha, yorug‘likdan qochsa salbiy fototaksis deb ataladi. Ularni bu xususiyati tajribada isbotlangan. Masalan, ba’zi yashil evglenalar su’niy (g‘ayri tabiiy) yaratilgan sharoitda o‘stirilsa, qorong‘ida rangsizlanib organik moddalarni yutadi, yorug‘da ular yana yashil rangga kiradi. Agar streptomisin yoki juda baland yorug‘lik nuri ta’sir etilsa, ularni xromotofori buzilib, rangsizlanadi va o‘zoq vaqtgacha rangsizlik xususiyatini saqlaydi.
Bu bo‘lim bitta evglenasimonlar ajdodi - Euglenopsida o‘z tarkibiga oladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling