«biotexnologiya» kafedrasi


Xitridiomitsetsimonlar ajdodi -


Download 0.86 Mb.
bet48/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Xitridiomitsetsimonlar ajdodi - Chytridiomycetes
Xitridiomitsetsimonlar suv sharoitida o‘sishga moslashgan bo‘lib, suvo‘tlarida, umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Ayrim vakillari nam tuproqlarda o‘suvchi gulli o‘simlik barglarida ham parazitlik qiladi. Saprotrof vakillari suvga tushgan o‘simlik novdasi, bargi va mevalaridan oziqlanadi. Parazit xitridiomitsetsimonlarning vegetativ tanasi o‘simlik va hayvon hujayrasi ichiga o‘rnashib olib, butun tanasi bilan ovqatni shimib oladi. Bunday ovqatlanishga osmotrof oziqlanish deyiladi. Bular boshlang‘ich mitseliy yoki rizomitseliy hosil qiladi, bunday mitseliyda yadro bo‘lmaydi. Rizomitseliy yerga birikish va ovqatni shimib olish uchun xizmat qiladi. Xitridiomitsetsimonlarning hujayra devorida 60% xitin bo‘ladi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yordamida sodir bo‘ladi. Zoospora zoosporangida yetiladi. Ba’zi xitridiomitsetsimonlarning vegetativ tanasi sporangiyga aylanadi. Bunga xolokarpik shakl deyiladi. Ba’zi vakillarida vegetativ tananing bir qismi zoosporangiyga aylanadi, bunga eukarpik shakl deyiladi. Jinsiy ko‘payishi har xil shaklda: xologamiya, geterogamiya va oogamiya. Gametalar maxsus gametangiyalardan hosil bo‘ladi. Zigotaning usti xitin moddasi bilan qoplangan po‘st bilan o‘raladi va sistaga aylanadi. Zigota diploidli fazada bo‘lib, gametalar gaploidlidir. Xitiridiomitsetsimonlar orasida zoosporalarning saqlanib qolishi, bularning evolyutsiya davrida xivchinlilar (Flagellatae) gruppasidan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Xitridionamola qabilasi – Chytridiales.Bu qabila o‘z ichiga 80 turkum, 400 turni oladi. Ko‘pchilik vakillari suvda va nam tuproqlarda o‘suvchi o‘simliklarda parazitlik qiladi. Vegetativ tana yalang‘och plazmadan iborat bo‘lib, ko‘pincha yumaloq silindr shaklida, rizomitseliy hosil qiladi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar yordamida sodir bo‘ladi, ba’zi vakillarida zoosporaning qalpoqchasi bo‘ladi. Zoospora noqulay sharoitda sistaga aylanadi. Bu qabilaning rivojlanish sikli Olpidium visiae da yaxshi o‘rganilgan. Uning zoosporasi silliq bir xivchinli bo‘lib, xivchin orqa tomonida joylashgan. Zoospora zoosporangidan ajralib chiqib, o‘simlik ustiga o‘rnashadi va po‘st bilan o‘ralib, o‘z suyuqligini o‘simlik epidermis hujayrasi suyuqligiga qo‘yadi, o‘sib ko‘p yadroli bo‘lib, zoosporangiyga aylanadi, bunga xolokarpik shakl deyiladi. Zoospora o‘simlik epidermisidan o‘sib chiqadi. Bunday rivojlanish 5-10 kun davom etadi. Yoz faslida bu protsess bir necha marta takrorlanishi mumkin. Zoospora o‘sishidan to‘xtasa, ular gametalarga o‘xshab bir-biri bilan juft-juft bo‘lib qo‘shilishadi. Hosil bo‘lgan ikki xivchinli zigota qalin po‘st bilan o‘ralib sistaga aylanadi. Sistaga aylanishdan oldin, zoosporangiyda yadrolar bir-biri bilan qo‘shilib keyin reduksion yo‘l bilan parchalanadi. Olpidium (Olpidium) turkumining, muhim vakillaridan biri Olpidium brassicae. Bu karam kuchatining ildiz bo‘g‘ziga yaqin ildiz po‘stlog‘i-epidermis hujayrasi ichida parazit holda yashab, "qora oyoq" nomli kasallikni vujudga keltiradi. Olpidiy bilan kasallangan karam ko‘chat to‘qimasi qorayadi, so‘ng chiriydi va nobud bo‘ladi. O‘simlik to‘qimasi ichida parazitning yalang‘och protoplasti bo‘linib, sharsimon yoki naysimon o‘simtali zoosporangiy h osil qiladi. Zoosporangiy ichida bir xivchinli zoosporalar o‘simtalari orqali tashqariga chiqadi va nam tuproqda harakat qilib, sog‘lom karam ko‘chatining ildiz epidermisiga joylashadi va o‘simlik hujayrasi ichiga o‘z protoplastini qo‘yadi. Zoospora hujayra ichida o‘sib ko‘payadi va 2-3 kundan keyin, vegetativ tana yana bir xivchinli zoosporalar hosil qiladi, uning taraqqiy qilish sikli yana yangitdan boshlanadi. Olpidiy parniklardagi karam ko‘chatlarida va sernam tuproqlarda o‘sadigan no‘xat va qizil shura ildizida parazitlik qiladi va ancha hosildorlikning kamayishiga sababchi bo‘ladi. Olpidiyning tinimdagi sporasi (sistasi) yulduzsimon shaklda bo‘lib, qalin po‘st bilan qoplangan. Parniklarni tez-tez shamollatib turish, ko‘chatlarni me’yori bilan sug‘orish unga qarshi kurashning eng muhim chorasidir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling