«biotexnologiya» kafedrasi


Zamburug‘larning mitseliy va hujayra tuzilishi


Download 0.86 Mb.
bet45/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Zamburug‘larning mitseliy va hujayra tuzilishi.
Mitseliyning tuzilishi turlicha bo‘ladi:
1. Hujayrasiz mitseliy – bunday mitseliy faqat bitta yirik hujayradan iborat bo‘lib, hujayra ichida hech qanday bo‘g‘inlar bo‘lmaydi, bunday hujayra ko‘p yadroli bo‘ladi .
2. Hujayrali mitseliy – bo‘g‘inlarga bo‘lingan bo‘lib, hujayra alohida-alohida qismlarga ajralgan. Hujayra tarkibida bitta yoki ko‘p miqdorda yadro bo‘ladi. Tuban taraqqiy etgan zamburug‘lardan (xitridiomitset, oomitset, gifoxitriomitset va zigomitsetsimonlarda) mitseliy hujayrasiz tuzilgan bo‘ladi. Yuqori taraqqiy etgan zamburug‘toifalarda esa xaltachali va bazidiyali zamburug‘toifalarning mitseliysi ko‘p hujayrali to‘siqlar bilan ajraladi. To‘siq hujayraning devoridan markazga qarab o‘sadi, markazda ochiq joy qoladi, bunga teshikchalar (pora) deyiladi. Pora orqali hujayra suyuqligi harakat qiladi. Hujayra to‘siqlari xaltachali va bazidiyali zamburug‘toifalarda oddiy bo‘lib, teshikchalar (pora) bo‘lsa, ayrim vakillarida esa to‘siq qalpoqchali bo‘lib, qalpoqchali teshikchalar hamma tomonidan membrana (parda) bilan o‘raladi, unga parentosoma deyiladi. Mitseliy bir necha xil bo‘ladi: ba’zi bir xil zamburug‘toifalarda, masalan, xamirturush zamburug‘ining vegetativ tanasi alohida kurtaklanuvchi holda bo‘lib, ajralgan kurtak bir-biri bilan qo‘shilmasa soxta mitseliy hosil qiladi. Primitiv tuzilgan ba’zi bir hujayrali zamburug‘toifalarning mitseliysi shoxlangan ipsimon shaklda bo‘lib - rizomiseliy deyiladi. Ko‘pchilik zamburug‘toifalarda giflar bir-biri bilan parallel qo‘shilib, mitseliy tugunchasini hosil qiladi, bunga - rizomorf deyiladi. Rizomorf o‘zidan moddani o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim rizomorflar bir necha metr uzunlikda bo‘lishi ham mumkin. Rizomorfni ustki qismi qalinlashgan qoramtir rangda bo‘lib himoya, ichki qismi esa o‘tkazuvchi idish vazifasini bajaradi. Ba’zi zamburug‘larda mitseliy bir-biri bilan o‘ralib, shoxsimon shaklda bo‘ladi-bunga sklerosiy deyiladi. Sklerotsiyning hujayrasi zapas ozuqa moddaga boy bo‘lib, himoya vazifasini bajaradi. Masalan, qoramug‘ yoki shoh kuya zamburug‘ida. Sklerotsiy hujayrasining ichki qismi yupqa po‘stli bo‘lib ochrangga bo‘yalgan. Zamburug‘lar hujayrasida devor bo‘lib, 0,2 mkn qalinlikda bo‘ladi. Hujayra devori tashqi va ichki qismidan tashkil topadi. Tashqi qismi shakllanmagan, ichki qismi esa g‘adir-budir yoki o‘ymali to‘siqdan iborat bo‘ladi. Hujayra devori 80-90 protsent polisaxaridlardan iborat bo‘lib, oqsil va lipidlar bilan bog‘langan.
Xitridiomitsetsimonlar, askomitsetsimonlar, bazidiyamitsetsimonlar va deyteromisetsimonlarning hujayra devorida xitin va glyukan moddasi bo‘ladi. Zigomisetsimonlar ajdodining vakillarida hujayra devorida xitozan moddasi bo‘lishligi bilan boshqa ajdod vakillaridan keskin farq qiladi. Zamburug‘larning hujayra sitoplazmasida ribosoma, mitoxondriya, Goldji apparati va yadrosi bo‘ladi. Protoplast sitoplazmatik parda plazmolemma bilan qoplanadi. Hujayra devori bilan sitoplazma membranasi o‘rtasida lomasomalar bo‘lib, ular xuddi pufakchaga o‘xshab ketadi. Sitoplazma chegarasi bilan vakuola o‘rtasida ham parda bo‘lib, bunga tonoplast deyiladi. Tonoplast bilan plazmolemma o‘rtasidagi ichki parda endoplastik to‘r bilan qoplangan. Gifning endoplazmatik to‘ri bir qancha diktiosomalar hosil qilib, diktiosomalar yig‘indisi esa Goldji apparatini vujudga keltiradi. Zamburug‘larning mitoxondriyalari o‘simlik mitoxondriyasiga o‘xshaydi, lekin tuzilishi bilan farq qiladi. Gifning o‘sish qismida bo‘rtiq (qovariqchalar) endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi. Bular sintez qilingan moddani Goldji apparatidan hujayra devorlariga tashiydi. Zamburug‘larning hujayrasida bittadan to 20-30 tagacha yadro bo‘ladi. Yadroning kattaligi 2-3 mkn. dan iborat bo‘lib, u ikki qavat parda bilan o‘raladi, nukleoplazmasida esa yadrocha va xromosomalar uchraydi. Zamburug‘larning hujayrasida har xil birikmalar, jumladan:glikogen, lipid tomchilari bo‘lib, vakuolada esa, oqsil donachalari va volyutin to‘planadi. Zamburug‘larning faqatgina zoospora va gametalari harakatchan, xivchinlari esa eukariotlarnikiga o‘xshash tuzilishda bo‘ladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling