«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari?


Download 0.86 Mb.
bet44/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari?.
1. Shilimshiqlar qanday organizmlar?
2. Ularning oziqlanishi va ko‘payishi qanday amalga oshadi?
3. Bu shilimshiqlarning ahamiyati nimada?


12-ma’ruza: Zamburug‘lar – Mycota.
Reja
1. Zamburug‘larning umumiy tavsifi,tanasining tuzilishi.
2. Xitridiomitsetlar - Chytridiomycetes ajdodi.
3. Gifoxitriomitsetlar – Hyphochytriomycetes ajdodi.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar. flagellatae,mitseliy, parentosoma, rizomiseliy, rizomorf, sklerosiy.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Zamburug‘toifalar – MYCOTA
Ajdod: Xitridiomitsetsimonlar – CHYTRIDIOMYCETES
Ajdod: Gifoxitridiomitsetsimonlar - HYPOCHTRIOMYCETES
Ajdod: Oomitsetsimonlar – OOMYCETES
Ajdod: Zigomisetsimonlar – ZYGOMYCETES
Ajdod: Askomitsetsimonlar – ASCOMYCETES
Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – BASIDIOMYCETES
Ajdod: Deytromitsetsimonlar – DEUTEROMYCETES
Tirik organizmlar hayvonlar va o‘simliklar olamiga bo‘linadi. Zamburug‘toifalar juda qadimiy organizmlar bo‘lib, organik dunyo hali o‘simliklar va hayvonlar olamiga ajralmasdan, avval yer yuzida paydo bo‘lgan. Uzoq evolyutsiya jarayonida zamburug‘toifalar rangsiz sitoxrom S ga ega bo‘lmagan xivchinlilar Flagellatae guruhidan kelib chiqqan. Shuning uchun ham zamburug‘lar o‘simliklar olami doirasida o‘rganiladi. Ammo zamburug‘lar oziqlanish xususiyatlari bilan o‘simliklardan farq qiladi, chunki ularning hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti bo‘lmaydi. Ular geterotrof oziqlanishga moslashgan, ya’ni zamburug‘toifalar tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar hisoblanadi. Shu xususiyati bilan anorganik moddalar bilan oziqlanuvchi avtotrof organizmlarga qarama-qarshi turadilar. Assimilyatsiya vaqtida zamburug‘toifalarning hujayrasida kraxmal emas, balki mochevina, glikogen hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, hujayra devorlarida xitin to‘planadi. Mana bu belgilari bilan zamburug‘toifalar hayvonlar olamiga ham yaqin turadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik olimlar zamburug‘toifalarni eukariotik organizmlarning aloh ida olamiga ajratishni taklif etishadi. Bularning eng xarakterli belgilari shundaki, ularda hujayra devorlari aniq shakllangan, ovqatni shimib oladi, sporalar yordamida ko‘payadi. Vegetativ tana o‘sish qobiliyatiga ega, oziqlanishi geterotrof, assimilyatsiya vaqtida tayyorlanadigan oziqa modda glikogendir. Zamburug‘toifalarning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy shoxlangan giflardan tashkil topgan bo‘lib, uchiga o‘sish va yon tomonga shoxlanish xususiyatiga ega. Mitseliy substratga o‘rnashib, undagi ozuqa moddalarni so‘rib (shimib) oladi. Mitseliyda ko‘payish organlari taraqqiy etadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling