«biotexnologiya» kafedrasi
Zamburug‘larni ko‘payishi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
Zamburug‘larni ko‘payishi.
Zamburug‘lar vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish. Vegetativ ko‘payish bir necha xil bo‘ladi: 1. Mitseliy uzilib, o‘sib mustaqil individga aylanib, masalan: xlamidospora, u qalin po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, noqulay sharoitlarda ham o‘sish qobiliyatini saqlab qoladi. 2. Oidiylar vositasi bilan ko‘payish. Bu mitseliy gifasining uchlari bir qancha ayrim hujayralarga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan hujayra taraqqiy etib yangi mitseliyga aylanadi. 3. Kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payish. Bunday ko‘payish achituvchi zamburug‘lar uchun xarakterlidir. 4. Sklerotsiy vositasi bilan ko‘payish. Bu gifalarning zich qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘ladi. U qoramtir, binafsha rangli, qattiq po‘stli, zapas oziq moddalarga boy, shoxsimon bo‘lib, noqo‘lay sharoitni tuproqda o‘tkazadi va bahorda o‘sib meva tanaga aylanadi. Masalan, shoxkuya zamburug‘ida buni ko‘rish mumkin . Jinssiz ko‘payish ikki xil usul bilan sodir bo‘ladi: zoosporalar endogen yo‘l bilan gifalar uchidagi zoosporaning ichida taraqqiy etadi va uning ichida bir yoki ikki xivchinli zoosporalar yetishadi. Zoosporalarning xivchinlari silliq yoki tukli bo‘ladi. Zoospora yetilgandan so‘ng zoosporangiy devorlarini yorib chiqib, suvda suzib, bironta substratga o‘rnashib, o‘sib yangi individga aylanadi. Bunday usul bilan ko‘payish xitridiomitsetsimonlar, oomitsetsimonlar va gifoxitriomitsetsimonlar ajdodlarga oiddir. Zigomitsetsimonlar ajdodining vakillari sporangiy sporalar hosil qilish vositasi bilan ko‘payadi. Bu sporalar ham zoosporaga o‘xshash sporangiy ichidagi ko‘p yadroli moddalarga bo‘linib, bir qancha bir yadroli sharsimon va po‘st bilan o‘ralgan harakatsiz sporalar hosil qiladi. Bu sporalar sporangiy ichida endogen yo‘li bilan hosil bo‘lganidan sporangiyspora deyiladi. Sporangiylar juda mayda bo‘lib shamol yordamida yoki hashoratlarga yopishib atrofga tarqaladi. Bunday sporalarning hosil bo‘lishi zamburug‘larning suv muhitidan yer betiga chiqib o‘sishi bilan bog‘liqdir. Konidiyasporalar vositasida ko‘payish quruq sharoitga moslashgan yuqori zamburug‘lar uchun xosdir. Konidiyaspora konidiyaband deb ataladigan alohida gifning uchida vujudga keladi. Konidiyabandning uchidagi hujayra do‘maloqlashib nozik tizma zanjircha hosil qiladi. U yetilgandan so‘ng tizmalar bir-biridan uzilib tarqalib ketadi. Konidiyasporalar ekzogen ya’ni sirtdan hosil bo‘ladi. Har bir tur zamburug‘ida o‘ziga xos shoxlanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling