«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet47/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Jinsiy ko‘payish: Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi deyteromitsetsimonlar ajdodidan boshqa hamma zamburug‘larda uchraydi. Bu protsess asosan uch guruhga bo‘linadi: gametogamiya, gametogamiya va somatogamiya.
1. Gametogamiya – tuban zamburug‘larda rivojlangan bo‘lib, suv o‘tlaridagi kabi, izogamiya, geterogamiya va oogamiya yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik zamburug‘larda oogamiya yo‘li bilan ko‘payishda harakatsiz tuxum hujayraning urug‘lanishida anteridiyning o‘simtasi ishtirok etadi, ayrim vakillarida tuxum hujayraning urug‘lanishi spermatozoidlar yordamida sodir bo‘ladi.
2) Somatogamiya - bazidiyamitsetsimonlar ajdodiga xos. Bunda jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, faqatgina mitseliyning somatik hujayralari ishtirok etadi.
3) Gametangiogamiya - zigomitsetsimonlar va xaltachasimonlar zamburug‘lari ajdodlarga oid bo‘lib, har xil tupdan chiqqan gifalar uchlari bilan bir-biriga qarab o‘sadi va uchi bo‘rtib shishadi. Uchlarining tutashgan joyida ularni bir-biridan ajratuvchi to‘siqlar paydo bo‘ladi. Keyin bu to‘siq eriydi, moddalari esa birlashib ketadi. Hosil bo‘lgan zigota – zigospora deb ataladi. Bir oz tinchlik davrini kechirgandan so‘ng o‘sib, u ko‘pincha shoxlanmagan, qisqa sporangiband ichida yosh sporagiyga aylanadi, bu embrion sporangiy deb ataladi. Zigota hosil qiluvchi hujayralar hamisha ko‘p yadroli (diploidli) bo‘ladi. Yadrolari zigota hosil bo‘lish protsessidagina juft-juft bo‘lib qo‘shiladi. Bu qo‘shyadroli zigota o‘sgan vaqtida reduksion bo‘linadi, natijada gaploid sporalar hosil bo‘ladi. Embrion sporangiysi oddiy sporangiydan ikkala jinsga xos bo‘lgan belgilarining borligi bilan farq qiladi. Oddiy sporangiyning sporalari faqat bir xil jinsiy belgilarga ega bo‘lgan sporalardan tashkil topadi. Xaltachasimonlar zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi gametangiogamiyali bo‘lib, lekin ularda jinsiy organlar ancha differensiyalashgan bo‘ladi. Urg‘ochi jinsiy askogon va ipsimon trixoginadan iboratdir. Trixogina orqali erkak jinsiy organ anteridiyning suyuqligi oqib askogon qorinchasiga boradi. Askogon ichida faqatgina hujayra plazmasi qo‘shiladi, yadrolar esa qo‘shilmasdan bir-biriga yaqinlashadi va dikarionlar hosil bo‘ladi. Askogon plazmasi bir-biri bilan qo‘shilgandan so‘ng tinchlik davrini kechirmasdan askogen giflari o‘sib chiqadi, askogen iplari ichida dikarionlar ham ko‘tarilib, keyin bo‘linadi va xaltachalar hosil bo‘ladi. Xaltachalar ichidagi yadrolar meyoz va mitoz yo‘l bilan bo‘linib, 8 ta askospora endogen yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Jinsiy protsess natijasida hosil bo‘lgan askosporalar yetilgandan so‘ng shamol yordamida tarqaladi va o‘sadi, gaploid yadroli mitseliyga aylanadi.
Bazidiyasimon zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi ikki hujayra protoplastining o‘zaro qo‘shilishidan boshlanadi. Qo‘sh yadroli, ya’ni dikarionlar hosil bo‘lgandan so‘ng yadrolarning qo‘shilishi sodir bo‘ladi va diploid xromosomali hujayraga aylanadi, so‘ngra reduksion bo‘linadi. Natijada 4 hujayra yadrosi hosil bo‘ladi. Bunday sporalar bazidiya hujayraning sirtida (ekzogen) yetiladi. Jinsiy protsess natijasida hosil bo‘lgan bazidiy sporalar o‘sib, bittadan gaploid yadroli mitseliyga aylanadi. Deyteromitsetsimon (takomillashmagan) zamburug‘larning butun hayot sikli gaploid davr bilan o‘tadi, chunki ularda jinsiy ko‘payish yo‘q. Zamburug‘larni klassifikasiya qilishda ularning eng muhim belgilariga, jumladan, xivchinlarning joylanishi va tuzilishiga, jinssiz va jinsiy ko‘payish xususiyatiga, hujayra devorining tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling