«biotexnologiya» kafedrasi


Izogeneratsimonlar ajdodi –


Download 0.86 Mb.
bet33/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Izogeneratsimonlar ajdodi – Isogeneratopsida, Ektokarpusnomalar qabilasi - Ectocarpales
Ektokarpusnomalar qabilasi - Ectocarpales. Bu ajdod tartibga ektokarpus (Ectocarpus) turkumining hozirgi vaqtda yashaydigan va juda sodda (primitiv) tuzilishga ega bo‘lgan vakillari kiradi. Bularni soni juda ham ko‘p bo‘lib, hamma dengizlarda tarqalgan, ayniqsa sovuq suvli dengizlar tubidagi buyumlar va boshqa yirik tallomli suvo‘tlar ustiga o‘rnashib epifit holda o‘sadi.
Ularni (sporofit va gametofit) tallomi sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda va bir necha santimetr uzunlikda bo‘ladi. Uni substratga yopishgan ipidan tikka o‘suvchi shoxlangan, juda sodda tuzilgan iplari uchida o‘sish no‘qtalari bo‘ladi. Bundan tashqari ko‘pchilik turlarida tikka o‘suvchi iplar bir-biriga aralashib ketgan, ularni tubidagi tukchalar differensiyalanib, qo‘shimcha meristema hosil qilib interkolyar o‘sadi. Jinssiz ko‘payishi zoosporalar vositasida bo‘ladi. Zoosporalari ko‘pincha diploid xromosomaga ega bo‘lgan tuxumsimon bir uyali sporangiylardan taraqqiy etadi. Zoosporalar hosil bo‘lishdan avval, sporangiy ichidagi diploid yadro reduksion bo‘linib bir qancha yalang‘och zoosporalarga aylanadi. Hosil bo‘lgan zoosporalar sporangiy po‘sti yorilgandan so‘ng chiqib, biron substratga o‘rnashgandan keyin, o‘sib jinsiy organlar hosil qiladigan gaploid o‘simlikka aylanadi. Gametalar ko‘p uyali sporangiy (gametangiy)da shakllanadi. Garchi, bo‘larda jinsiy protsess izogamiya bo‘lsa ham, ammo bularni bir-biriga o‘xshash gametalarini hatti-harakatida erkaklik va urg‘ochilik belgilari ko‘rinadi. Binobarin, ektokarpusni hayotiy siklida izomorf gallanish ko‘rinadi. Ammo, bu protsess muhit va ob-havo sharoitining o‘zgarishiga qarab, boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Basharti ektokarpus boshqa sharoitga tushib qolsa, uni sporofit nasl beruvchi ipida bir uyali sporangilaridan tashqari yana boshqa ko‘p uyali xolis sporangiy rivojlanib, undan xolis zoosporalar-sporalar hosil bo‘ladi. Bu xolis sporalar diploid bo‘lib, uni o‘sishidan diploid nasl beruvchi sporofit ektokarpus o‘sadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling