«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 0.86 Mb.
bet32/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1. Diatom suvo‘ttoifalarining umumiy xususiyatlarini gapirib bering.
2. Qanday ajdod va qabilalarga bo‘linadi?
3. Ko‘payish xususiyatlarini tushuntirib bering.
4. Muhim vakillari va ularning ahamiyatini ifodalang.
8-ma’ruza: Qo‘ng‘ir suvo‘tlar bo‘limi – Phaeophyta
Reja
1.Tallomining hamda hujayrasining tuzilishi. Pigmentlari.
2.Monad tuzilishidagi xujayralarining o‘ziga xos xususiyatlari
3.Izogeneratsimonlar - Isogeneratae, Geterogeneratsimonlar - Heterogeneratae va Siklosporasimonlar - Cyclosporeae sinflari, ularning asosiy vakillari.
Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarPhaeophyta, Izogeneratsimonlar – Isogeneratopsida, Diktiotanamolar – Dictyotales, Diktiota – Dictyota.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Bu bo‘lim suvo‘tlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, xromatoforalarining qo‘ng‘ir rangda bo‘lishidadir. Qo‘ng‘ir rangda bo‘lishining asosiy sababi, xromatofora tarkibida xlorofill "a" va "s" dan tashqari V-karotin hamda qo‘ng‘ir rang beruvchi pigmentlardan fukoksantin juda ham ko‘p miqdorda bo‘ladi. Xloroplastlari, yoki xromatoforalari po‘stdan tashqari, murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan membranalar sistemasi bilan o‘ralib, yadro va "xloroplastlar endoplazmatik turi" bilan bog‘lanadi. Xloroplast matriksi, parallel joylashgan uch tilakoidli lamellalarni o‘rtasidan o‘tib, belbog‘simon lamellalar bilan o‘raladi. Xloroplastda buyraksimon pirenoid bo‘lib, tilakoidlardan ajralib erkin holda joylashadi. Genofor halqasimon bo‘lib, chetdagi lamellalari ostida joylashadi. Assimiliyatsiya mahsuloti laminarin sitoplazmada to‘planadi. Laminarindan tashqari, olti atomli spirt, manit va yog‘ tomchilari to‘planadi. Monad shakldagi hujayra (zoospora va gameta)larda ko‘zcha va xivchinlari bo‘ladi. Ko‘zcha - plastidlarni bir qismi bo‘lib, xivchin apparati bilan bog‘liq. Ko‘pchilik vakillarida xivchin ikkita (faqat diktiotanamolarda bitta) bo‘lib, katta - kichikligi va morfologik ko‘rinishi jihatdan geterokont va geteromorf shaklda bo‘ladi. Old tomoniga yo‘nalgan uzun xivchin membranasi, ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mastegonema hosil qiladi.
Mastigonema uch qismdan iborat:
1) bazal qismi- bu qism xivchin membranasiga mustahkam birikadi;
2) kichkina naychasimon qismdan iborat bo‘lib, globulyar ipchalardan tashkil topgan.
3) mazkur qism uchta terminal ipchalarni bittasidan hosil bo‘ladi.
Mastigonema pufakchalar ichidagi hujayra ichida shakllanadi. Hosil bo‘lgan mastigonema xivchin birikadigan membranaga yaqin joyda hujayralar hosil qiladi. Hozirgacha mastigonemani vazifasi noma’lum. Ikkinchi orqa tomonga qayrilgan xivchin odatda juda kalta va silliq bo‘lib, uni asosi (o‘zagi) bo‘rtgan va ko‘zcha bilan tutashgan. Ektokarpusnamolar qabilaning vakillarida gameta ikki xivchinli bo‘lib, old qismidagi xivchin naychasimon mastigonemaga ega. Ikkinchi xivchin silliq va spiralsimon qayrilgan. Uni terminal o‘simtasidan akronema hosil bo‘ladi. Bularda xivchin asosan (o‘zagidan) ikkita markaziy mayda naycha o‘tadi. Erkak gametaning old qismidagi xivchin akronemasi yordamida, xivchinlarini tortib harakatdan to‘xtagan urg‘ochi jinsiy gameta bilan aloqa qiladi. Diktiotanamolar qabilasining vakillarida spermatazoid bir xivchinli bo‘lib, xivchin old tomonda joylashgan. Qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari asosan dengiz suvo‘ti bo‘lib, ular sovo‘q suvli shimoliy va janubiy sharlari dengizlarida keng tarqalgan. Tallomi morfologik va anatomik tuzilishi jihatdan differensiallangan bo‘lib, ko‘rib o‘tilgan boshqa suvo‘tlardan ustun turadi. Bularni orasida bir hujayrali, koloniyali va oddiy shoxlanmagan ipsimon tallom bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda yashaydigan eng sodda tuzilgan qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarini tallomi geterotrixial tuzilishda, aksariyat vakillarida tallom yirik bo‘lib, ancha murakkab tuzilishga ega. Tallomini anatomik soxta yoki haqiqiy to‘qimalarga o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Hujayra devori kuchli shilimshiqlangan, bitta yadro, bitta yoki ko‘p sonli vakuolaga ega. Hujayra devori atrofida joylashgan har xil shakldagi xromatoforalari bo‘ladi. Bular vegetativ, jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi tallomni teng bo‘laklarga ajralishi bilan sodir bo‘ladi. Ba’zi bir xil turlarida maxsus shoxchalar bo‘lib, ana shu shoxchalardan tashqariga kurtakchalar ajratiladi va bu kurtakchalar uzilgandan keyin o‘sib yangi individga aylanadi. Jinssiz ko‘payish ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarda zoosporalar vositasi bilan sodir bo‘ladi. Zoosporalar diploid xromosomali o‘simlik (sporofit) da hosil bo‘ladi. Zoosporalar hosil bo‘lishdan avval bir xonali (kamerali)sporangiy ichidagi diploid yadro reduksion bo‘linadi va ikki xivchinli zoosporaga aylanadi. Diktiotanomalar qabilasi vakillarida bir uyali sporangiy (tetrosporangiy) da zoospora o‘rniga reduksion bo‘linishdan to‘rtta harakatsiz aplanospora - tetrospora hosil bo‘ladi. Gaploid fazali zoospora va tetrosporalarning o‘sishidan gaploid - gametofit deb ataladigan o‘simlik rivojlanadi, ularda esa jinsiy organlar taraqqiy etadi. Primitiv (sodda) tuzilgan qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida jinsiy protsess izogamiya usulida boradi. Gametalar ko‘p uyali yoki ko‘p kamerali sporangiy (gametangiy) deb ataladigan hujayra ichida juda ko‘p miqdorda (ba’zan bir necha yuz) kubiksimon hujayralar yetiladi. Har qaysi hujayra protoplastidan bittadan gameta taraqqiy etadi. Ba’zi bir qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida jinsiy ko‘payish geterogamiya usuli bilan boradi. Geterogametalar ko‘p kamerali sporangiy (gametangiy) da yetiladi. Sporangiylari ikki xil bo‘lib, birida juda ko‘p mayda hujayralar, ikkinchisida esa soni kam lekin yirik bo‘lgan hujayralardan tashkil topadi. Kichik hujayrali sporangiydan mikrogameta, yirik hujayrali sporangiydan makrogametalar yetiladi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ko‘pchilik qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarda jinsiy protsess oogomiya yo‘li bilan boradi. Ularda oogomiya ichida bitta tuxum hujayra yetishadi, anteridiydan ham faqat bitta spermatozoid taraqqiy etadi. Faqat fukusnamolar qabilasining vakillarida anteridiydan 64 ta spermatazoid, oogomiyadan esa bitta, ba’zilarida ikkita, to‘rtta, sakkiztagacha tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Masalan, fukusnamolar vakillari oogomiyasida sakkizta tuxum hujayra yetiladi. Diktiotanamolar qabilasining vakillarida anteridiy ko‘p kamerali bo‘lib, har bir kameradan bittadan spermatazoidlar rivojlanadi, bu spermatozoidlar bir xivchinligi bilan boshqa qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarining monad shaklidagi hujayrasidan farq qiladi. Bularda tuxum hujayra hamma vaqt oogomiyadan tashqarida urug‘lanadi. Zigota tinchlik davrini o‘tmasdan o‘sib diploid o‘simlikka aylanadi. Fukus (Fucus) turkumi vakillaridan tashqari qolgan hamma qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarida nasillarni gallanishi yaqqol ko‘rinadi. Fukus turkum vakillarida jinssiz ko‘payish bo‘lmaydi. Nasllarni gallanishi ba’zilarida izomorf (teng shaklli), boshqalarda esa geteromorf (har xil shaklli) bo‘ladi. Qo‘ng‘ir suvo‘toifalarni ajdodlarga bo‘lishda, ularni hayotiy siklida ro‘y beradigan belgilar asos qilib olinadi va shu belgilarga asosalanib, ularni uchta ajdodga yoki qabilalar guruhiga bo‘lish mumkin: teng generasiyasimonlar (Isogeneratopsida)nasllar gallanishi teng bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Har xil generasiyasimonlar (Heterogeneratopsida) bularda nasllarni gallanishi har xil, siklosporasimonlar (Cyclosporeae)-nasllarni gallanishi umuman bo‘lmaydi, faqat bitta fukusnomalar (Fucales) qabilasiga ega.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling