Obyektga yo‘naltirilgan dаsturlаsh (oyd)
Download 60.5 Kb.
|
1352529347 34707
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkapsulatsiya
- Obyektlarni aniqlash .
www.arxiv.uz Rеjа:1. Obyektga yo`naltirilgan dаsturlаsh tushunchаsi 2. Inkuаpsulyasiya tushunchаsi 3. Vоrislik tushunchаsi 4. Pоlimоrfizm tushunchаsi OYP asosida bitta struktura (tuzilishda) da ma`lumotlarni va ular ustida bajariladigan amallarni birlashtirish g`oyasi yotadi. OYP uchta asosiy tushunchaga tayanadi: inkapsulyatsiya, vorislik va polimorfizm. Inkapsulatsiya – ma`lumotlar va shu ma`lumotlar bilan ishlaydigan protsedura va funksiyalar aralashmasini hosil qilishdir. Natijada ma`lumotlarning yangi turi–obyekt hosil bo`ladi. Vorislik–aniqlangan obyektlardan foydalangan holda ulardan kelib chiquvchi obyektlar iyerarxiyasini hosil qilish. Har bir «voris» o`z «ajdodi» dagi ma`lumotlar tavsifi va ulrni qayta ishlovchi usullar (metodlar) ni o`zlashtiradi. Polimorfizm–vorislik iyerarxiyasidagi barcha obyektlarga bir vaqtda qo`llanadigan, bir xil nomdagi amallarni (protsedura va funksiyalar) aniqlash imkoniyatidir. Bunda har bir obyekt bu amalni o`z ustida bajarilishida o`ziga xosliklarini buyurtma berishi mumkin. OYP murakkab programmalarni yozishni soddalashtiradi va bu jarayonga ixchamlik xususiyatini beradi. OYP ning asosiy afzalligi shundaki programma qo`llash sohasini o`zgartirishga dastruni o`zgartirmasdan, faqat obyektlar iyerarxiyasiga yangi o`zgartirishlar (satxlar qo`shish) orqali erishish mumkin. Obyektlarni aniqlash. Obyekt-tarkibida o`zaro bog`langan har xil turdagi o`zgaruvchilar (ma`lumotlar maydoni) va ularni qayta ishlaydigan protsedura va funksiyalardan (metodlar) tashkil topgan tuzilmadir. Obyekt turini aniqlash uchun “Object” maxsus so`z aniqlangan va u quyidagicha e`lon qilinadi. Obyektni e`lon qilishda metodlarning sarlavxalarigina yoziladi. Protsedura va funksiyalar e`loni programma e`lon qismining boshqa bo`lagida bo`lishi mumkin. Obyekt maydonlariga murojaat yozuv (Record) maydonlariga murojaat bilan bir xil («.» –nuqta va With operatori orqali). Lekin obyekt ma`lumotlariga quyidagicha murojaat ijobiy baholanmaydi. ObjPos_Var.Line :5; ObjPos_Var.Col :15; Umuman, OYPda obyekt ma`lumotlariga murojaat faqat metodlar orqali amalga oshiriladi. Obyektlarni e`lon qilishda ma`lum bir talablar bajarilishi kerak: - obyekt turi asosiy daturning (modullarining) Type bo`limida e`lon qilinishi mumkin. Qism-programmalarda lokal obyektlarni e`lon qilish mumkin emas; - obyekt turini aniqlashda ma`lumotlar maydoni metodlar maydonidan oldin kelishi kerak; - obyekt komponentasi sifatida fayl kelishi mumkin emas, va aksincha, fayl “obyekt” turidagi komponentaga ega bo`lishi mumkin emas. ObjPos obyekti orqali matn ekranidagi birorta belgi holati aniqlanadi. Endi belgini o`zini aniqlovchi va uning ustida ma`lum bir ish bajaruvchi ObjSym obyektini aniqlaylik. Agar bu obyektning aniqlanishiga e`tibor beradigan bo`lsak, unda ObjPos obyektidagi ma`lumotlar va Get_line, Get_Col funksiyalaridan foydalanilgan. Sym va Print komponentalari yangidan qo`shilgan va Init protsedurasi qaytadan yozilgan. Ko`rinib turibdiki, ObjSym obyekti ObjPos obyekti xususiyatlarini vorislik qilib olgan. Umuman aytganda, OYPda vorislik–bu obyektlarning oddiy tuzilishdan murakkab tuzilishga tomon obyekt xususiyatlarini olib o`tishi va rivojlanishidir. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling