«biotexnologiya» kafedrasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari


Download 0.86 Mb.
bet30/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Mavzu yuzasidan nazorat savollari.

  1. Bu suvo‘tlar nima sababdan sariq-yashil yoki har-xil xivchinlilar deb ataladi?

  2. Qanday umumiy xususiyatlarga ega?

  3. Qanday ajdod va qabilalrga bo‘linadi?

  4. Muhim vakillarini aytib bering.



7-ma’ruza: Diatom suvo‘tlar bo‘limi – Diatomeae, Bacillariophyta.
Reja
1. Tallomi va hujayrasining tuzilishi.
2. Hujayra qobig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari, Vegetativ va jinsiy ko‘payishidagi o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Sentriksimonlar – Centrophyceae sinfi va uning asosiy vakillari.
4. Patsimonlar – Pennatophyceae sinfi va uning asosiy vakillari.
5. Diatom suvo‘tlarining tarqalishi va axamiyati.
Mavzu yuzasidan tayanch so‘z va iboralar: Sentriksimonlar – Centropsida, Patsimonlar – Pennatopsida, Choknamolar - Raphinales


Ma’ruza mavzusi bayoni
Diatom suvo‘ttoifalarining tavsifi.
Bo‘lim: Diatom suvo‘ttoifalar – Diatomeae, Vassillariophyta
Ajdod: Sentriksimonlar yoki shu’lasimonlar – Centropsida
Ajdod: Patsimonlar – Pennatopsida
Qabila: Choknamolar - Raphinales
Turkum: Pinnulariya – Pinnularia
Diatom suvo‘ttoifalari tuban o‘simliklar orasida ancha katta bo‘lim bo‘lib 10. 000 dan ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. Bular bir hujayrali yosh koloniyali mikroskopik organizmlar bo‘lib, harorati va kimiyoviy tarkibi har xil bo‘lgan dengiz va okean suvlarida, shuningdek chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, bentos va asosan plankton holda hayot kechiradi. Ba’zi vakillari zah yerlarda, tuproqlarda, issiq suvli buloqlarda, qor ustida, hamda poyar kenglikdagi muzliklar ustida tarqalgan. F. Nansen shimoliy arktika muzliklari orasida diatom suvo‘ttoifalarini to‘plab, qo‘ng‘ir dog‘lar hosil qilib muzni eritganini kuzatgan. Bularni vakillari har xil tuzilishga ega bo‘lishdan qat’iy nazar, hujayra tuzilishi, ayniqsa hujayra po‘sti to‘zilishi bir xil tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Hujayra po‘sti ikki palladan iborat bo‘lib, protoplast zichlashgan tashqi (plazmalemma) qismi sovut bilan o‘ralgan. Sovut kremnezemli bo‘lib, qum tuproqli, shishaga o‘xshash toshdan tashkil topgan. Sovut ikki palladan iborat bo‘lib, qopqoqli qutichaga o‘xshash biri ikkinchisini yopib turadi. Ostki kichik palla gipoteka, uni o‘rab turgan ustki pallaga epiteka deb ataladi. Hujayra shaklining ko‘rinishi uning substratga joylanish xususiyatiga bog‘liq: birinchi ko‘rinishi pallalar tomonidan bo‘lib, pallasimon ko‘rinish deyiladi: bunday ko‘rinishda pallalar biri-ikkinchisini ustida joylashgandek bo‘lib ko‘rinadi. Ikkinchisi esa chok (belbog‘) tomondan ko‘rinishdir. Ba’zi bir diatom suvo‘ttoifalarining hayoti davomida qo‘shimcha "belbog‘simon" halqalar paydo bo‘ladi. Bu halqalar ko‘pincha to‘liq bo‘lmagan bo‘g‘imlar hosil qilib, hujayrani xonalarga ajratadi. Diatom suvo‘tlari hujayra konfiguratsiyasi va tabaqa shakliga qarab, sentriksimonlar yoki shu’lasimonlar (Centropsida) va patsimonlar (Pennatopsida) ajdodlarga bo‘linadi. Sentropsida ajdodining vakillarida hujayra radial (sho‘lasimon) simmetriya tuzilishida bo‘lib, juda ko‘p simmetriya o‘tkazish mumkin. Pennatopsida ajdodining vakillari hujayradan faqat ikkita simmetriya o‘tkazish mumkin. Hujayra po‘sti gomogen bo‘lmagan tuzilishga ega. Birinchidan, elektron va sitoximik tekshirish shu narsani ko‘rsatdiki, hujayrani sovuti ichki va tashki tomondan yupqa organik moddadan tashkil topgan. Ikkinchidan, tabaqalari o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u doimo saqlanadi va diatom suvo‘ttoifalarini sistemaga solishga muhim ahamiyatga ega. Tabaqalar mikroskopda qaralsa, ular kichkina doira yoki qirrali katakcha (xona) shaklida bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa bu katakchalar ichki va tashqi tomonga ochiladigan poralar yoki kamera bo‘lib, hujayra sovutini qalinlashgan ichki yoki tashqi qismi hisoblanadi. Bular ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tagida juda ko‘p teshikchalar yoki yorug‘chalar bo‘ladi. Bu yorug‘chalar yoki teshikchalar protoplastni tashqi muhit bilan bog‘laydi, ular tabaqani 10-75% tashkil etadi. Ko‘pchilik plankton diatom suvo‘ttoifalarini sovuti ustida har xil tukchalar bo‘ladi. Kolonial diatomlarni hujayralari shu tukchalar (usiklar) yordamida bir-biri bilan birikadi. Patsimonlar ajdodining ba’zi bir bentos vakillari harakat qilish xususiyatiga ega. Bularni harakati tabaqaning ichki qismini qalinlanishidan hosil bo‘ladigan tukchalar bilan bog‘langan. Yorug‘lik mikroskopda qaralsa, biri markazda, boshqalari uchlarida joylashgan uchta tugunchalarni ko‘rish mumkin. Hujayra sovuti chetlarida yaltiroq shaklda tugunchalar bo‘lib, ulardan markazdagi tugunchaga qarab, bir oz bukilgan chiziq tortilgan bo‘lib, unga chok deb ataladi. Xromatoforasi hujayra po‘stiga yopishgan bo‘lib, soni turlicha:bitta, ikkita va ba’zan ko‘p bo‘ladi. Shakli plastinka yoki donachasimon ba’zi turlarida pirenoid bo‘ladi. Xromatoforaning rangi sariq yoki sarg‘ish-qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, tarkibida xlorofill "a", "s" va karotin hamda beshta ksantofill (masalan, diadin ksantin, juda ko‘p miqdorda fukoksantin va boshqa) pigmentlar bo‘ladi.
O‘lgan hayvonlarda pigmentlar yemirilib suvga chiqadi va shu sababli ularni rangi yashil bo‘lib ko‘rinadi. Aslida, diatom suvo‘ttoifalari hujayrasining bo‘linishi tabiiy va sun’iy sharoitda bu qonuniyatga hech to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, qalin sovutga ega bo‘lgan melozira (Melozira) ni hujayrasi bir marta bo‘lingandan keyin, ikkinchi marta uni faqat qiz hujayrasi bo‘linadi, kichigi esa bo‘linmaydi. Ba’zi diatom suvo‘tlarining sovut belbog‘i egiluvchan, elastik bo‘lib, bo‘lingan hujayrani epiteka va gipotekasi katta kichikligi jihatidan bir-biridan juda kam farq qiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling