«biotexnologiya» kafedrasi


Vosheriyanamolar qabilasi –


Download 0.86 Mb.
bet29/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Vosheriyanamolar qabilasi – Vaucheriales
Vosheriya (Vaucheria) turkumining vakillari chuchuk suvlarda, dengizlarda yoki nami ko‘p bo‘lgan tuproq yuzasida tarqalgan bo‘lib, ba’zan moxlarni protonemasi orasida o‘sib baxmalsimon chim qatlamlarini hosil qiladi. Bularni bir qanchasi haqiqiy galofit (galo-tuz va fit o‘simlik) bo‘lib, suv tarkibidagi tuzni miqdorini aniqlashda indikator sifatida foydalaniladi. Vosheriyaning yo‘g‘on ipsmion tallomi bir necha santimetr uzunlikda bo‘lib, shoxlangan va rangsiz rizoidlari yordamida substratga birikkan holda o‘sadi. Ipsimon vegetativ tallom hujayrasining sitoplazma devori atrofida, juda ko‘p miqdorda donasimon yoki duksimon, pirenoidsiz xromatoforalar va yog‘ tomchilari bo‘ladi. Sitoplazma ko‘p yadroli bo‘lib, unda bir qancha mayda yadrolar xromatofora ostida joylashadi. Vosheriya jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi, ipning yon shoxchalari uchida hosil bo‘lgan va to‘siqlar bilan ajralgan zoosporangiylarda hosil bo‘ladigan bitta yirik zoospora vositasida boradi. Zoospora vujudga kelishdan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bilan aralashadi, shundan so‘ng yadro hujayra devori atrofida va xromatofora esa hujayraning ichki kismida joylashadi. Zoosporalar yirik oval shaklda bo‘lib, ko‘p xivchinli. Har juft xivchin tagida sitoplazmada bitta yadro, uni ostida donador xromatofor joylashadi. Zoosporalar yetilgandan keyin zoosporangiy tepasidan asta-sekinlik bilan teshikcha hosil bo‘ladi, ana shu teshikcha orqali zoospora tashqariga chiqadi. Zoospora suvda xivchinlari yordamida tez harakat qilib, bironta substratga o‘rnashadi, xivchinlarini tashlab harakatdan to‘xtaydi va o‘sib yangi vosheriya o‘simligiga aylanadi. Ba’zi yer ustida o‘sadigan turlarida, zoosporalar bilan bir qatorda ancha qalin po‘stga ega bo‘lgan harakatsiz aplanosporalar va akinet sporalar vujudga keladi. Chuchuk suvlarda tarqalgan vosheriya turlari bir uyli bo‘lib, dengizlarda tarqalgan vakillari esa, ham bir uyli ham ikki uyli bo‘ladi. Vosheriyaning jinsiy ko‘payishi oogamiya yo‘li bilan boradi. Uni ipida bir-biriga yaqin bo‘lib, oogoniya va anteridiyalari joylashadi. Oogoniya qiyshiqroq va dumaloqroq shaklda bo‘lib, tagidagi ko‘ndalang to‘siq bilan ipidan ajralib turadi, ichida bitta yirik tuxum hujayra bo‘ladi. Bir uyli turlarida oogoniya yonginasida erkak jinsiy hujayra anteridiy joylashadi. Anteridiy ilmoqsimon, qayrilgan silindrsimon bo‘lib, yon o‘simta ko‘rinishda bo‘lib, bukilgan joyidan ko‘ndalang to‘siq bilan ajraladi. To‘siqni yuqori qismida anteridiy bo‘lib, unda hisobsiz juda mayda xromatoforali bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Oogoniya ichidagi tuxum hujayrani urug‘lanishi ancha masofada joylashgan anteridiydan hosil bo‘ladigan spermatozoidlar yordamida sodir bo‘lishi kerak, shuning uchun ham jinsiy organlar bir vaqtni o‘zida tayyor bo‘lmaydi. Tuxum hujayra yetilgandan so‘ng, oogoniya burunchasi yorilib yorug‘cha hosil bo‘ladi, undan rangsiz modda ajraladi, bu modda spermatozoidni o‘ziga jalb etadi. Spermatazoidlardan faqat bittasi oogoniya burunchasi o‘rtasidagi yorug‘cha orqali ichkariga kirib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish natijasida hosil bo‘lgan zigota (oospora) qalin po‘st bilan o‘ralib moy tomchilari va gematoxrom bilan to‘ladi. Tinchlik davrini o‘tab bo‘lgandan so‘ng, o‘sib gaploid naslli ip yuzaga keladi. Vosheriyaning ba’zi turlarida oogoniya va anteridiy talommining pastki o‘siqlardan taraqqiy etadi. Turlar soni uncha ko‘p bo‘lmagan sariq-yashil yoki har xil xivchinli suvo‘tlarining evolyutsiyasi yashil va oltin tusli suvo‘tlari bilan bir vaqtda parallel holda rivojlangan bo‘lib, ular nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Foydali tomoni shundan iboratki, ular boshqa suvo‘tlar bilan birgalikda o‘sib, suv havzalarini oziq modda bilan boyitadi; suv havzalarida va tuproqda organik moddalarni to‘plashda, suvni tozalashda sanitarlik - indikator vazifasini bajaradi. Bu ajdodning eng xarakterli belgilaridan biri shundan iboratki, ularni vegetativ holdagi bir hujayrali yoki kolonial vakillari bir-biriga teng bo‘lmagan xivchinlarga ega.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling