«biotexnologiya» kafedrasi


Desmidiumnamolar qabilasi – Desmidiales


Download 0.86 Mb.
bet23/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Desmidiumnamolar qabilasi – Desmidiales
Bir necha ming turga ega bo‘lgan, bu qabilasi vakillari, bir hujayrali, ipsimon tuzilishga ega. Ularni hujayrasi doimo ikki simmetriyalik, bir-biriga o‘xshash va teng yarimta qismlardan iborat bo‘lib, markaziy "belbog‘" yordamida o‘zaro qo‘shilgandek ko‘rinadi. Yarim hujayralar har xil ko‘rinishda: silindirsimon uchlari o‘tkirlashgan (klosterium), yumaloqlashgan (penium), kesilgan (pleurotenium), zichlashgan (kosmarium) yoki disksimon (mikrasterias) bo‘lishi mumkin. Bu desmidiumnamolar qabilasi vakillarining hujayra devori hamisha ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, chetlari qayrilgan ikki simmetiriyadan iborat. Mikroskopda hujayra devorini tashqi qavatida temir zarrachalari to‘planib, har xil shakldagi o‘simliklar hosil qiladi. Bu to‘siqlar orasida murakkab tuzilgan poralar bo‘lib, ulardan shilimshiq modda ajraladi. Hujayra chetlarida yirik poralar bo‘lib, undan shilimshiq ajratadi va ajralgan modda substratga urilgandan keyin hujayra sekin harakat qiladi. Bir soat davomida ajralgan shilimshiq modda chuvalchangsimon yoyilib, hujayradan ikki-uch marta uzun bo‘ladi. Hujayraning o‘rta qismida protoplast bilan xromatoforalar orasida bitta yirik yadro joylashgan. Xromatoforalarni o‘rtasida pirenoid bo‘ladi. Ba’zan xromatofor hujayra devori atrofida joylashadi. Klosterium va pleurotenium turlarining hujayra uchlarida vakuola bo‘lib, unda gips kristallari to‘planadi. Ko‘payishi vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan boradi. Vegetativ ko‘payishi hujayra belbog‘idan ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linish bilan bo‘ladi. Natijada ikkita bola hujayra vujudga keladi. Ularni yetishmagan tomoni o‘sib, yana asta-sekin o‘z shaklini tiklaydi. Jinsiy ko‘payishi kon’yugatsiya. Desmidiumnamolar tartibining bir hujayrali vakillariga klosterium (Closterium), kosmarium (Cosmarium), mikrasterias (Micrasterias), staurastrum (Staustrum), va Eastrum (Eastrum) misol bo‘ladi.
Klosterium (Closterium) ni hujayrasi urchuqsimon, to‘g‘ri yoki kuchli ravishda egilgan, guyo yarim oy shaklida. Hujayra markazida "belbog‘" qismi yo‘q. Hujayra po‘sti qalin, rangsiz yoki sarg‘ish, uchlarida yirik poralar bo‘ladi, ulardan tashqariga shilimshiqsimon modda ajraladi va suv ostidagi substratga o‘rilgandan keyin “dumaloq oshib” harakat qiladi. Hujayraning o‘rta qismida mikroskopda aniq ko‘rinadigan bitta yirik yadro bo‘ladi. Har bir yarimta hujayra bittadan lentasimon xloroplastga ega. Xloroplastni ko‘ndalang qismi qirrali yulduzga o‘xshaydi. Hujayra uchlarida bittadan vakuola bo‘lib, ichida gips kristallari bo‘ladi. Kosmarium (Cosmarium) bir hujayrali, uni o‘rtasi “belbog‘” bilan kesilgan bo‘lib, ikki simmetrik bo‘lakka ajraladi. Har qaysi yarim hujayralar har xil shaklda: yumaloq, promidial va ko‘p qirrali bo‘lishi mumkin. Hujayra ustidan qaralsa, u ellipsimon shaklda ko‘rinadi. Har qaysi yarim hujayralarda ikkitadan pirenoidli plastinkasimon xromatofori joylashgan. Staustrum (Staustrum) ning hujayrasi xilma-xil shaklda bo‘ladi. Hujayra po‘sti naqshsimon burtmalar bilan qoplangan. Bu bo‘rtmalar ustki tomondan uch-besh burchakli: xromatofori hujayra shakliga o‘xshash bo‘lib, uni markazida bitta pirenoid joylashadi. Mikrasterias (Micrasterias) ni hujayrasi yassi, juda chuqur "belbog‘" bilan kesilgan. Har qaysi yarim hujayra ikkitadan yonbosh va bitta markaziy parraklardan iborat. Yonbosh parraklar chuqur va uymali.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling