«biotexnologiya» kafedrasi
Zignemanamolar qabilasi –
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
Zignemanamolar qabilasi – Zygnematales.
Bu tartibga oddiy ipsimon suvo‘tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadroli hujayralardan iborat. Tallomi porasiz shilimshiq jild bilan qoplangan. Shilimshiq jildi yumshoq, ko‘pincha kladoforalar bilan birga “baqa tuni”ni hosil qiladi. Hujayra markazida yirik vakuola joylashgan, sitoplazma hujayra devori atrofida yopishgan. Xromotofralari mezoteniyanamolarnikiga o‘xshash uch xil bo‘ladi. Zignemanamolar tartibining eng xarakterli vakillaridan mujotsiya (Mongeotia), bilan tanishamiz. Hujayrasi silindirsimon bo‘lib, bitta plastinkasimon va bir necha pirenoidli xromotoforaga ega. Agar xromotoforga kuchli yorug‘ yo‘llantirilsa, u bir oz vaqtdan keyin o‘z o‘qi bo‘ylab 90 ga burilib, 30 min, davomida saqlanib, natijada plastinkasimon xromotofor tayoqcha shaklda ko‘rinadi. Sitoplazma markazida yirik yadro joylashgan. Zignema (Zygnema)ning har bir hujayra sitoplazmasida ikkitadan yirik yulduzsimon shaklda, markazida bittadan yirik pirenoidga ega bo‘lgan xromotofori joylashgan. Har bir xromotofor bir-biri bilan endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘lib, ular orasida aniq ko‘rinadigan yadro va yadrochasi joylashadi. Spirogira (Spirogyra)ning ipsimon tallomi och yashil rangda, u shilimshiq jild bilan qoplangan. Iplari yirik silindrik hujayralaridan tashkil topgan. Hujayrasi kletchatkali po‘stga ega bo‘lib, unga protoplazma yopishgan. Sitoplazma chetida lentasimon spiral shaklda o‘ralgan bir necha pirenoidli xromatoforalari bo‘ladi. Xromatoforalarni soni va aylanmasi spirogiraning turiga qarab har xil bo‘ladi. Bu belgilari uning sistematikada katta ahamiyatga ega. Pirenoidlar xromatoforning o‘rta qismidagi chiziqlar bo‘ylab joylashadi. Hujayra markazida hujayra shirasiga ega bo‘lgan yirik vakuola bo‘ladi. Uning markaziy qismida yadrochasi bo‘lgan katta yadro bo‘ladi, bu yadro protoplazmadan chiqqan iplarga osilgan holda turadi. Spirogira tallomining barcha hujayralari bo‘linish qobiliyatiga ega. Hujayraning bo‘linishi hisobiga ipi cho‘ziladi. Vegetativ kupayishi tallomni alohida qism (fragment) larga bo‘linishi yordamida sodir bo‘ladi. Hatto bitta hujayrani o‘sishidan yangi ip hosil bo‘ladi. Zignemalar qabilasining vakillarida jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi.Bularda narvonsimon kon’yugatsiya ko‘proq uchraydi. Ko‘payish vaqtida ularni ikkita ipi paralell turib, yonlari bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ularni bir nechtasi qo‘shilganda narvonsimon ko‘rinishni oladi. Yondosh hujayralarda bir-biriga qaragan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarni uchi birlashgandan keyin, o‘sib kanalcha hosil qiladi. Bir hujayraning protoplasti ikkinchi hujayraga ana shu kanalcha orqali oqib o‘tadi va bir-biri bilan qo‘shiladi. Qo‘shilish oldidan, birining protoplasti sust, ikkinchisi kuchli siqila boshlaydi. Kuchli siqilgan hujayra protoplastida juda ko‘p miqdorda harakatchan vakuola hosil bo‘ladi, hujayra devori va protoplasti oralig‘ida to‘planadi. Natijada kuchliroq siqilgan hujayra protoplasti bo‘shroq siqilgan hujayraga oqib o‘tadi. Bu qo‘shiluvchi hujayralar orasida morfologik jihatdan farq bo‘lmasa ham, qabul qilgan hujayrani urg‘ochi, protoplastini bergan hujayrani erkak deb faraz qilish mumkin. Bunday jinssiz protsess morfologik jihatdan izogam bo‘lib, fiziologik jihatdan anizogam deb ataladi. Zignemanamolarni boshqa turlarida masalan, mujotsiyada protoplastni qo‘shilishi va zigotani hosil bo‘lishi qo‘shilish kanalida bo‘ladi. Spirogira va zignemalarda protoplastni qo‘shilish natijasida sharsimon zigota hosil bo‘ladi. Zigota uch qavat po‘st bilan o‘ralib, tinchlik davrini o‘tadi. Yosh zigota mikroskopda qaralsa, ikkala qo‘shilgan protoplastlarni bir-biridan farqini ko‘rish mumkin. Bir necha vaqt o‘tgandan keyin, erkak hujayra xromotoforalari buziladi. Zigota o‘sishdan oldin uni tarkibidagi yadrolar bir-biri bilan qo‘shiladi. Bu protsessni spirogirada A. Trendle, zignemada L. I. Kursanov o‘rgangan. Zigota tinchlik davrini o‘tgandan keyin, uni diploidi xromosomali yadrosi, birin-ketin ikki marta bo‘linadi, reduksion bo‘linish natijasida gaploid xromosomali to‘rtta hujayra hosil bo‘ladi. Shulardan uchtasi erib ketadi, to‘rtinchisi o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi. Spirogira osongina o‘sadi. Shuning uchun undan umumbiologik eksperimentlar qo‘yilganda, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilganda keng foydalaniladi. Rus olimi I. I. Gerasimov bo‘linayotgan spirogira hujayrasida sovuq ta’sir etib, uni odatdagi holatini o‘zgartirishga erishgan. Ya’ni sovuq ta’sirida bo‘lingan yadro o‘rtasida to‘siq hosil bo‘lmasdan, bo‘lingan yadro bitta hujayrada qolib, natijada ikki yadroli hujayra hosil bo‘ladi. Bu ikki yadroli hujayra tez rivojlanib, gigant hujayraga aylangan. Yadrosiz hujayra esa, tiriklik belgisini saqlab, assimilyatsiya protsessini davom ettirgan, lekin bo‘linish xususiyati butunlay yo‘qolgan. Bu tajriba bilan I. I. Gerasimov hujayra hayotida yadroni ahamiyatini isbotlagan. O‘zbekistonda mujotsiya turli suv havzalarida, ariqlar, ko‘lmak suvlar, hovuzlarda, kichik qo‘llar va zovurlarda keng tarqalgan bo‘lib, sariq-yashil rangdagi “baqatun” hosil qiladi. Zignema va spirogira kanallar va sekin oqadigan daryo suvlarida o‘sadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling