Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
Qizil suvo‘tlar tallomi qanday tuzilishga ega?
Hujayra tuzilishi va pigmentlar tarkibini tushuntirib bering.
Qanday xususiyatlariga ko‘ra ko‘k-yashil suvo‘tlarga o‘xshash bo‘ladi?
Qanday ajdodlarga ajratiladi va ularning bir-biridan farqi?
Muhim vakillari va ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
Qanday usullarda ko‘payadi?
4-ma’ruza: Yashil suvo‘tlar bo‘limi – Chlorophyta. Chin yashil suvo‘tlar yoki tengxivchillilar ajdodi – Chlorophyceae, Isocontae.
Reja
Yashil suvo‘ttoifalar bo‘limi (Chlorophyta) tavsifi
Yashil suvo‘ttoifalar klassifikatsiyasi.
Teng xivchinli yoki chin yashil suvo‘ttoifalari ajdodining xarakterli xususiyatlari va klassifikatsiyasi.
Kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
Tarqalishi va ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar. Yashil suvo‘ttoifalar, Chloropsida, Isocantae, Conjugatopsida, Xarasimonlar – Charopsida
Ma’ruza mavzusi bayoni
Yashil suvo‘ttoifalari bo‘limining hujayra tarkibida xlorofill "a" va "v" miqdori boshqa karatinoidlarga (A-V-karotin, lyutein, neoksantin, violaksastin, zeaksantin, anteroksantin)larga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ularni rangi tiniq yashil rangda bo‘ladi. Xloroplastlar ikki qavat membrana po‘st bilan qoplangan, xloroplastni endoplazmatik to‘rchasi bo‘lmaydi. Lamellalari ikkita-oltita yoki juda ko‘p bo‘lib, tilakoidlar bilan tutashib ketgan. Assimilyatsiya maxsuloti kraxmal-xloroplast ichidagi stroma va pirenoid atrofida to‘planadi. Qizil ko‘zchasi xloroplast ichida joylashgan bo‘lib, xivchin apparati bilan ulashib ketgan. Xivchinlari ikkita, to‘rtta va ba’zan ko‘p bo‘lib, bir xil uzunlikda (izokant) va bir xil tuzilishda (izomorf), silliq yoki juda ham yupqa tukchalar - mastigonemolar bilan qoplangan. Ko‘pchilik suvo‘tlarining hujayrasidagi sitoplazma membranasi sellyulozali po‘st bilan qoplangan. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish taraqqiyot siklida (gaploid, diploid, izo va geteromorf) generatsiyalari uchraydi. Yashil suvo‘ttoifalarining rangi, yuksak o‘simliklar rangiga o‘xshash. Yashil suvo‘ttoifalari va yuksak o‘simliklarning assimilyasiya mahsuloti kraxmal. Ko‘pchilik yashil suvo‘ttoifalarning hayotida, xuddi yuksak o‘simliklarnikiga o‘xshash nasllarni to‘g‘ri gallanishi: jinsiy va jinssiz va nihoyat yashil suvo‘ttoifalarni ba’zi vakillari suvdan chiqib, yuksak o‘simliklarga o‘xshash quruqlikda o‘sishga moslashgan. Bu bo‘limning ko‘pchilik vakillari asosan chuchuk suvlarda, ayrim vakillari dengiz suvlarida o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |