Prokariot hujayralarning ko'payishi Reja


Download 340.83 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi340.83 Kb.
#1729710
  1   2   3   4
Bog'liq
prokariot hujayralarning ko\'payishi


Prokariot hujayralarning ko'payishi
Reja:

  1. Prokariot hujayralar

  2. Prokariot hujayraning tuzilishi.

  3. Prokariot hujayralarning ko’payishi

  4. Prokariot hujayralarning ko’payish tezligi

Foydalanilgan adabiyotlar

Organik olam ikkita katta dunyoga ya'ni, prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi.


Prokariotlar—yadrosi to’liq shakllanmagan organizmlar ya'ni, haqiqiy yadroga ega emas. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK dezoksiribonuklein kislota halqasimon shaklda bo’ladi. Jinsiy ko’payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ip bo'lmaydi.Hujayra amitoz yo'1 bilan bo’linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra qobig’i murein degan moddadan tashkil topgan. Odatda xivchinsiz organizmlar ba'zi vakillaridagi xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko’pchiligi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega.

Oziqlanish, oziq moddalarning hujayra qobig’i orqali shimib olish bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo’lmaydi, ba'zan gazli vakuolalar uchraydi. Bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari prokariotlar hisoblanadi.
Prokariot hujayralarning harakterli vakili sifatida bakteriyalarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Ular hamma joyda: suv, tuproq va ozuqa mahsulotlarida yashaydi. Bakteriya hujayralarining tuzilishi quyida keltirilgan. Prokariot hu­jayralarda shakllangan yadro bo'lmaydi. Ularning DNKsi sitoplazmada joylashgan va membrana bilan o'ralmagan.
Bakteriya hujayralarining kattaligi xilmaxil bo'lib, 1 dan 1015 mkm.gacha boradi. Bakteriyalarning tuzilishiga xos bo'lgan asosiy xususiyatyadroning bo'lmasligidir. Ularning irsiy informatsiyasi bitta aylanma shakldagi DNK molekulasida bo'lib, u sitoplazmada joylashgan. Bakteriya DNKlari oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi. Shuning uchun xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar «ishlab turadi», ya'ni ulardan to'htovsiz irsiy axborot olib turiladi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o'ralgan bo'lib, u sitoplazmani hujayra devoridan ajratib turadi. Sitoplazmada membranalar kam. Unda ribosomalar bo'lib, oqsil sintezini amalga oshiradi.


Download 340.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling