Prokariot hujayralarning ko'payishi Reja


Transformatsiya bosqichlari


Download 340.83 Kb.
bet4/4
Sana28.10.2023
Hajmi340.83 Kb.
#1729710
1   2   3   4
Bog'liq
prokariot hujayralarning ko\'payishi

Transformatsiya bosqichlari


Odatiy transformatsiya tadqiqotida nishon gen (yuqoridagi koʻk DNK) oldin plazmidga kiritiladi. Nishon genga qoʻshimcha ravishda plazmidlar antibiotikka chidamlilikni taʼminlovchi maʼlum genlarni ham (yuqoridagi qizil DNK) oʻzida saqlashi mumkin. Agar bakteriyadan foydalanishdan maqsad gendan oqsil sintez qilish boʻlsa, unda plazmid promoter yoki bakteriyadagi nishon genni oʻqishga imkon beruvchi nazorat ketma-ketligini (yuqoridagi yashil DNK) saqlashi kerak.
Plazmid nusxalari E. coli hujayralari bilan aralashtirilganda va ushbu hujayralarga issiqlik shoki (qisqa vaqt ichida yuqori temperatura ostida tutib olish) taʼsir ettirilganda, plazmidlarning kichik qismi tutib olinadi. Shundan soʻng, E. coli antibiotik saqlovchi oziqli idishchaga tarqatiladi. Antibiotik qoʻshishdan maqsad faqat plazmidga ega boʻlgan bakteriyalarning tirik qolishi va oʻsishini taʼminlashdir.
Bakterial transformatsiya bosqichlari

  1. Plazmid bakteriyaga kiritiladi.

  2. Issiqlik shoki plazmidning bakteriya tomonidan tutib qolinishi uchun trigger vazifasini bajaradi. Koʻpchilik qismini tutib qolmaydi, ammo maʼlum qismi tutib qolinadi.

  3. Bakteriyalarning barchasi antibiotikli likopchaga joylashtiriladi.

  4. Faqatgina plazmid saqlovchi bakteriyalar tirik qolishi mumkin. Ularning har biri koloniya hosil qilish uchun koʻpayadi.

  5. Koloniya koʻpgina oʻxshash bakteriyalarni olish uchun oʻstiriladi. Bakteriyalar insulin kabi nishon oqsillarni olish uchun induksiyalanadi.

Plazmidga ega boʻlmagan E. coli bakteriyalari antibiotik taʼsirida nobud boʻladi. Ammo plazmid saqlovchi E. coli bakeriyalari tirik qoladi va koʻpayadi (plazmiddagi antibiotikka rezistentlik geni hisobiga). Har bir rezistent hujayra agarli likopchada kichik nuqta koʻrinishidagi, genetik jihatdan bir xil boʻlgan bakteriyalar koloniyasini shakllantiradi. Antibiotikka rezistent koloniya tekshirib koʻriladi (toʻgʻri plazmid saqlashini tasdiqlash uchun boshqa usullar orqali tekshiriladi), soʻngra genetik bir xil boʻlgan, plazmid tashuvchi bakteriyalarning katta kulturasini olish uchun oʻstiriladi.

Plazmid saqlovchi bakteriyalarning katta koloniyasidan nima maqsadda foydalaniladi? Baʼzan tadqiqotchilar boshqa tadqiqotlarda ishlatish uchun plazmid DNKsining koʻp miqdordagi nusxalariga ehtiyoj sezadi va ular ushbu DNKni kulturadan ajratib olishadi. Bundan tashqari, agar plazmid toʻgʻri promoter saqlasa, bakteriya genni oʻqishi va oqsil sintezlashi uchun induksiyalanishi (shu toʻgʻrisida buyruq olishi) mumkin. Ushbu usul insulin va odam oʻsish gormoni kabi baʼzi juda muhim tibbiy oqsillarni ishlab chiqarishda qoʻllanishi mumkin.
Download 340.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling