Biotexnologiyada gen muxandisligi


YAngi biotexnologiyaning dastlabki asosiy bosqichlari


Download 134 Kb.
bet2/7
Sana14.09.2023
Hajmi134 Kb.
#1678066
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOTEXNOLOGIYADA GEN MUXANDISLIGI 3 mavzu

YAngi biotexnologiyaning dastlabki asosiy bosqichlari


Kashf etilgan vaqti

Bajarilgan ishlar

1973 yil

Birinchi gen klonlangan

1974 yil

Birinchi bakteriya genlarini klonlash ekspressiyasi amalga oshirildi.

1975 yil

Birinchi gibridoma yaratilgan

1976 yil

Rekombinant DNK texnologiyasidan ishlab chiqarishda foydalanish boshlangan.

1980 yil

Gen muxandisli usullari yordamida olingan mikroorganizm shtammlarini patentlash haqidagi qaror qabul qilingan.

1981 yil

Monoklonal antitella to’plamlaridan foydalanish mumkinligi to’g’risidagi qaror qabul qilingan. Birinchi marta genlarni avtomatik sintezatori sotuvga chiqarildi.

1982 yil

Tibbiyotda rekombinant DNK - insulini va hayvonlar uchun birinchi rekombinant DNK dan foydalanishga ruxsat berildi.

1983 yil

Birinchi marotoba gen ekspressiyasidan bir o’simlikdan boshqa turida foydalanish mumkinligi isbotlandi.

Ilmiy ishlar davom ettirilmoqda. Hozirgi vaqtda kun tartibida OITS (SPID) ga qarshi vaksina yaratish masalasi ko’ndalang turibdi.
Gen muxandisligi biotexnologiyasining yutuqlari sanoat ko’lamida va qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. Xususan, antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab chiqarilmoqda, nasldor qoromol klonlari yaratilmoqda, tuproqda va suvda zaharli pestisid qoldiqlarini parchalaydigan mikroorganizmlarni transgen shtammalari olinmoqda, atmosfera azotini o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli o’g’itlar bilan boyitish muammosi echilmoqda, zararli xasharotlarga va patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen o’simlik navlari etishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashxis qilish uchun diagnostikumlar tayyorlanmoqda, shuningdek, gen terapiya takomillashtirilmoqda.
Bugungi kunda genetik muxandislikka asoslangan biotexnologiya tezkor oshib borayotgan, inson extiyojlarini qondirish uchun klassik texnologiyalardan o’ta samarali ekanligini to’la namoyon qilmoqda.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling