O’zbekistonda oshib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan talabni qondirish yo’llari
Download 32.68 Kb.
|
tezis
O’zbekistonda oshib borayotgan elektr energiyasiga bo’lgan talabni qondirish yo’llari. O’zbekistonda elektr-energiyasi bilan ta’minlashda bir qancha kamchiliklar mavjud. Shunday kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarni yo‘qotish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va sifatini ta'minlab qo‘yish darkor. Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshib borishini ham inobatga olinish shart. Shularni inobatga olgan holda qanday chora-tadbirlar ko’rish mumkin? - issiqlik elektr stansiyalari energiya qurilmalarini modernizatsiya qilish (40 foiz), elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlashga mo‘ljallangan elekt tizimlari (57 foiz), transformator punktlari (52 foiz) va nimstansiyalar (21 foiz)ni yangilash; - yangi generator quvvatlarini ishga tushirish (bu elektr energiyasi ishlab chiqarishni 20-40 foiz oshiradi); - amaldagi energiya qurilmalarini ishga layoqatli holatda saqlab turish uchun vaqti-vaqti bilan rejali ta'mirlash.
Xo‘sh, qanday qilib 10 yil ichida sohani 2 baravar rivojlantirish mumkin? Boshlovchining ushbu savoliga Sherzod Xo‘jayev quyidagicha javob berdi. “Ma’lumki, yaqinda prezident qarori bilan O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasi uch qismga bo‘lindi: energiya ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va joylarda taqsimlovchi tashkilotlarga. Bundan maqsad sohaga sarmoyalar jalb qilish va sog‘lom raqobat uchun sharoit yaratishdir. Raqobat esa o‘z navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi”. Xo‘jayevga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini quyidagi omillar asosida oshirish rejalashtirilmoqda: Download 32.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling