Atom elektr stansiyasi
Ma’lumki, O‘zbekistonda “Rosatom” yordamida birinchi Atom elektr stansiyasi qurish ishlari boshlab yuborilgan. AES ikkita 1100 megavattli energiya blokiga ega bo‘ladi. AESning birinchi energiya bloki 2028-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. Ayni damda stansiya qurilishi loyihalashtirish bosqichida.
Atom elektr stansiya haqida mulohazalar va tahlillar
O’zbekistonda AESni qurish jiddiy va siyosiy masala. Uni atroflicha o’rganish va tahlil etish kerak. Barchamizga ma’lumki, hukumatimiz Rossiyaning Rosatomi bilan Navoiy viloyatida 2ta blokdan tashkil topgan AES qurish bo’yicha kelishuv imzoladi. Bizga hali bu kelishuvning shartlari aniq emas. Shuning uchun oldindan salbiy yoki ijobiy baho berishga erta.
Do'stlaringiz bilan baham: |