Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi


Download 57.16 Kb.
bet14/16
Sana20.01.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1103970
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi-fayllar.org

Fermentlar
Materiallar fermentlar tahsirida parchalanishi har xil reaktsiyalar – oksidlanish, tiklanish, dekarboksillanish, eterifikatsiya, gidroliz va boshqalar natijasida amalga oshadi. Mitselial zamburug’larda xalqaro klassifikatsiyada mavjud boplgan barcha 6 ta sinfga mansub fermentlar borligi aniqlangan. Ammo materiallarning koppchiligi zamburug’larning oksireduktaza, gidrolaza va liaza fermentlari tahsirida faol yemiriladi. Biozararlanish paydo boplishida hujayra ichidagi fermentlar – endofermentlar emas, balki atrof-muhitga ajratiladigan fermentlar – ekzofermentlar katta rolgp opynaydi. Hozirgi tasavvurlarga kopra, mikroorganizmlar DNK sida sintez qilinayotgan fermentga hujayradan ajralib chiqish qobiliyatini beruvchi signal kodonlarining universal birin-ketinliklari mavjud. Ular initsiatsiya kodonining opng tomonida joylashgan va mRNK hosil boplishida transkribitsiya qilinadi.
Mikroorganizmlar tahsirida kopp materiallar parchalanishida oksireduktaza fermentlaridan oksigenazalar alohida rolgp opynaydi. Bu birinchi navbatda karbonvodorodlar kabi gidrofob va nopolyar moddalar va tsiklik birikmalardan hosil boplgan materiallarga taalluqlidir. Kislorod oksidlanayotgan substratga bevosita yopishishini kataliz qiluvchi oksigenazalar mavjud. Bunday reaktsiyalar kopp yot modddalarni tirik hujayra tomonidan metabolizatsiya qilinishining birinchi bosqichidir. Agar bu jarayonda kislorod molekulasining har 2 atomi substrat molekulasiga kiritilsa, bunday fermentlar dioksigenazalar kenja guruhiga mansub bopladi. Kopp dioksigenazalarning faol komponenti gem yoki tarkibida gem boplmagan temir elementidir; ulardan bahzilarining faoliyati uchun -ketoglutarat mavjud boplishi talab qilinadi. Koppincha dioksigenazalar aromatik xalqaning aloqalari uzilishini katalizlaydi. Masalan, pseudomonas turkumiga mansub bakteriyalarning indol xalqasi – katexin uzilishini katalizlovchi dioksigenazasi faol.


Ayrim sanoat materiallarining fermentlar tahsirida yemirilishi
Zararlanadigan material turi bilan destruktsiya qopzg’atuvchilarning fermentativ xususiyatlari orasida aniq muvofiqlik mavjud. Qopzg’atuvchilarda mahlum bir materialdagi asosiy aloqalarni parchalovchi fermentlar ayniqsa faol bopladi. Umuman olganda, materiallar yemirilishida ularda biotsenoz hosil qilgan bir nechta zamburug’ va bakteriya turlarining kopp fermentlari ishtirok etadi va bu jarayonning biokimyosi murakkab. Misol uchun, molekulalarida amid va murakkab efir aloqalari boplgan polimerlar (poliamid, poliuretan, polialkilentartrat, mochevinaformalgpdegid smolalari, diollar asosidagi poliefirlar) biodestruktsiyasi faol esteraza va proteolitik fermentlar sintez qiluvchi zamburug’lar bilan zararlanishi natijasida amalga oshishi mumkin. Murakkab efir aloqali poliuretanlarga nisbatan oddiy efir aloqali poliuretanlar zamburug’lar bilan kuchliroq zararlanishi aniqlangan. Oddiy efir aloqalari zamburug’ polimerni parchalashi va sopngra uni opzlashtirishini osonlashtiradi. Uretan aloqalari oralarida uzun karbon zanjirchalari boplgan birikmalar oson parchalanadi. Bir-biriga yaqin joylashgan uchta metil guruh mavjudligi ham uretanlar zararlanishini kuchaytiradi. poliuretan tuproq mikromitsetlari tomonidan parchalanishi quyidagi tartibda optadi: qoldiq erkin izotsianatlar – –  mochevina va amid guruhlari – –  uretan guruhlari – –  izotsian-siydik kislotasining xalqalari.


Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling