Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar haqida dastlabki tushunchalar


Download 6.25 Mb.
bet5/10
Sana08.11.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1757003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar bo’limi. kurs ishi

2.2. Qirqbo’g’imtoifa o’simliklar haqida dastlabki tushunchalar
Qirqbo`g`imtoifalar o’simliklarning sistematik tahliliga to’xtaladigan bo’lsak, quyidagicha tartibga solamiz:
Bo`limi: Qirqbo`g`imtoifa (Equisetophyta )
Ajdodi: Qirqbo`g`imsimonlar(Equisetoopsida )
Qabilasi: Qirqbo`g`imnamolar (Equisetoales)
Oilasi: Qirqbo`g`imdoshlar (Equisetoaceae )
Turkum: Qirqbo’g’im (Equisetum)
Turi: Dala qirqbog’imi(Equisetum arvense)
Bo`limning 20ga yaqin turi mavjud. Bo`limning daraxtsimon vakillari paleozoy erasining devon, trias davrlarida yashab toshko`mir va yura davrlariga kelib yo`qolib ketgan. Bo`limning shu kunda mavjud bo`lgan vakillari ko`p yillik o`tsimon o’simliklar hisoblanadi.
Avstraliya va Yangi Zenlandiya viloyatlaridan tashqari hamma joyda uchraydigan qirqbo`g`imlar mazkur bo`limning vakili hisoblanadi.
Dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense) qishqi qirbo`g`im (E. humile) shoxlangan qirqbo`g`im (E. ramosissmum) kabi vakillari Markaziy Osiyoda uchraydi.
Qirqbo`g`imlarning mayda, tangachasimon barglari poyada halqa hosil qilib joylashgan, xatto poyadagi yon novdalar ham halqa shaklida joylashgan bo`ladi.
Dala qirqbo`g`imi ekin maydonlarida, ariq bo`ylarida yo`qotish qiyin bo`lgan parazit begona o`t. Tibbiyotda dala qirqbo`g`imi novdalari siydik xaydovchi, qon to`xtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qirqbo`g`imlar yer ostki suvining yuza joylanishini ko`rsatib beradigan indikator o`simliklar hisoblanadi.
Dala qirbo`g`imi:
(Equisetum arvense)
1. Bu bo`lim vakillari poyasining to`g`ri tartib bilan bo`g`im va bo`g`im oralig`iga bo`linishi bilan boshqa yuksak sporali o`simliklardan farq qiladi. Ularning bo`g`imlarida mayda barglar halqasimon yoki mutovkasimon bo`lib, joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovkasimon joylashib, ular ham o`z navbatida bo`g`imlarga bo`lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo`lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta`sir qiladi. Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jihatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo`lim turlari Poleozoy erasining Toshko`mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni daraxt, buta shakldagilari yo’qolib ketib, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bo’lgan, ko`p yillik o`t-o`simliklargina bizgacha etib kelgan. Qirqbo`gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma`lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zellandiya orollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. O'rta
Osiyoda 6 turi uchraydi.
Qirqbo’g`imlilar kelib chiqishiga kura Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (mikrofilliya). Evalyutsion nuqtai nazardan bu bo`lim ham tipik hisoblanadi.
2. Bu bo`lim 3 sinfga bo`linadi:
1. Gieniyasimonlar sinfi - Hyeniopsida
2. Ponabargsimonlar sinfi Sphenophylopsida;
3. Qirqbo’g`imsimonlar sinfi – Equisetopsida;
1.Gieniyasimonlar sinfi. Bu sinf vakillari to`lig`icha yo’qolib ketgan, devon davrida yashagan, bo`yi 70-90 smga etadigan buta o`simliklar bo`lgan. Sinf ikkita oilaga bo`linadi:
1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae
2. Kalomofitondoshlar – Calamophytaceae
Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o`simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari halqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo`ladi.
2. Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o`simlik ham Gieniyaga o`xshash, undan farqi, tanasi aniq bo`g`imlarga bo`linmaganligi va bargining bir karrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo`lib joylashgan.
2.Ponabargsimonlar sinfi. Bu sinf o`simliklari ham Poleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo`qolib ketgan o`simliklardir. Ponabarglilar sinfining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu o`simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo`g`im va bo`g`im oraliqlarga bo`lingan. Bo`g`imlarida ponasimon barglar halqasimon bo`lib, joylashgan. Poyasi ingichka bo`lganligidan boshqa daraxt o`simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy halqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko`paygan. Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan.
3. Qirqbo`g`imsimonlar sinfi. Bu sinf vakillari poyasining rosmana bo`g`im va bo`g`im oraliqlariga bo`linganligi bilan xarakterlanadi. Bu sinf ikkita qabilaga bo`linadi.
1. Kalamitnamolar qabilasi – Calamitalis
2. Qirqbo`g`imnamolar qabilasi - Eqvisetales
1. Kalamitnamolar qabilasiga mansub o`simliklar hozirgi davrida yo`qolib ketgan, Poleozoy erasining Devon, toshko`mir davrlarida yashagan o`simliklar hisoblanadi. Bularning bo`yi 30-40 metrga etadigan daraxtlar bo`lgan. Shoxlari yirik va mayda bo`lib, mayda shoxlarida, barglar halqasimon bo`lib joylashgan. Poyasida kambiy ma`lum darajada rivojlangan.
2. Qirqbo`g`imnamolar qabilasiga hozirgi davrda yashayotgan ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Bu qabila bitta oila- qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae), bitta turkum qirqbo`g`im (Equisetum), turkum esa 30 ga yaqin turdan iborat. Ulardan keng tarqalgani dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense). (2.2. 2-rasm)




Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling