Bioxilma-xillikni saqlash va atrof muhit muhofazasi


O'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari


Download 53.83 Kb.
bet4/5
Sana26.10.2023
Hajmi53.83 Kb.
#1724930
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bioxilma-xillikni saqlash va atrof muhit muhofazasi

3. O'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari.
Noyob va yo'qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro “Qizil kitob” tashkil qilingan.
Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik yo'li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi o'ziga xos o'simlik va hayvonot dunyosiga ega so'nggi yillarda insonning xo'jalik faoliyati natijasida flora va faunaga salbiy ta'sir kuchaydi. O'zbekiston faunasi 682 tur umurtqali hayvonlar va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat.
1983 yili O'zbekiston Qizil kitobining 1-jildi e'lon qilindi. O'zbekiston Qizil kitobiga umurtqali hayvonlarning 65 turi kiritilgan bo'lib, 22 turdagi sut emizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlardan iborat. Ustyurt qo'yi, burama shoxli echki, qor barsi, buxoro bug'usi va boshqa hayvonlar yo'qolish arafasidadir.
O'zbekistonda mavjud 4 mingdan ortiq o'simlik turlarining 10-12 %i muhofaza talab (4148 tur). Eng qimmatli tog' o'rmonlarining maydoni o'nlab marta qisqarib ketgan.
To'qaylar va qayir o'rmonlari ko'plab kesib tashlangan. Tabiiy yaylovlarning maydoni 6,5 mln.ga qisqargan. Shu bois 1984 yil O'zbekiston Qizil kitobining 2-jildi nashr ettirildi. Unda muhofaza qilinishi kerak bo'lgan 400 o'simliklarning 163 turi kiritilgan.
Masalan, cherkez, isiriq, etmak, shovul, anzur piyoz, yovvoyi anjir, yong'oq, sumbul, bodom, lola, chinnigul va boshqa o'simliklar.
Yo'qolib borayotgan noyob hayvon turlarini yana ko'payishi xavf ostidadir. Hozirda bunday hayvon turlari davlat muhofazasigsa olindi. Ayrim joylarda qimmatbaho hayvlonlar zubr, daryo qunduzi, sobol, qulon, suv kalamushi uchun qo'riqhonalar tashkil etildi.
M: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo'riqhonasida sayg'oq ko'paytirilmoqda. Bodhiz qo'riqhonasida qulon (yovvoyi eshak) asralmoqda. Bundan tashqari hayvonlarni muhofaza qilishda Qizil kitob va halqaro bitimlarni ahamiyati katta.
Tabiiy muhitdagi bunday o'zgarishlar dunyo mamlakatlari xalqlarini birgalashib muhofaza qilishga undamoqda. Baliq ovlash va boshqa dengiz hayvonlarini ovlash bo'yicha 70 dan ortiq shartnomalarni tuzilganligi shular jumlasidandir.
Sayyoramizdagi o'simliklar va hayvon resurslari nihoyatda katta va rang-barang, lekin bu resurslar ulardan faqat oqilona foydalanilgan vaqtdagina hamda ularning tiklanish sharoiti ta'minlangandagina kishilar jamiyati talablarini qondira oladi.
Bundan 30 yil muqaddam Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan Biologik xilma-xillik to'g'risidagi Konventsiya qabul qilingan edi. Ko'plab muhim vazifalar belgilab berilgan ushbu Konventsiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Biologik xilma-xillik – bu alohida turlar yohud umumiy ekotizimlar xilma-xilligi, insoniyat salomatligi va farovonligi uchun hayotiy muhim ahamiyat kasb etib, 22 may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni butun dunyoda bo'lgani kabi mamlakatimizda ham keng nishonlanadi.
O'zbekiston barqaror rivojlanish uchun biologik xilma-xillikni saqlab qolishning o'ta muhimliga alohida ahamiyat bergan holda, 1995 yilda mazkur Konventsiyaga qo'shildi va Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo'yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi tasdiqlandi. eng muhimi, Yangi O'zbekiston davrida ushbu soha davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, sohaning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirildi.
Xususan, ushbu maqsadlarda 2030 yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish Strategiyasi ishlab chiqildi, unda asosan mamlakat umumiy er maydonining 12 foizini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiritish rejalashtirildi. Shuningdek, 2019-2028 yillar davomida O'zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi samarali amalga oshirilmoqda.
Xulosa
Xalqaro huquq normalarga ko'ra, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ularni boshqarish va butligini saqlash hamda samarali faoliyat yuritishini ta'minlash davlatning birinchi darajali vazifasi sifatida e'tirof etilgan.
Mamlakatimizda so'nggi qisqa davr mobaynida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, xususan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo'yicha munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi. Sohaga oid 20ga yaqin muhim qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinib, strategiya va davlat dasturlari qabul qilindi.
Biologik xilma-xillikni saqlab qolish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to'laqonli amalga oshirilishini e'tirof etgan holda hukumatimiz tomonidan ushbu hududlar maydonini kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida”gi Qonuni mazkur hududlarni tashkil etish, boshqarish va kengaytirish bilan bog'liq huquqiy asoslarni belgilab beradi.
Bugungi kunda O'zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga 8 ta davlat qo'riqxonalari, 2 ta davlat biosfera rezervati, 2 ta tabiat milliy bog'i, 10 ta davlat buyurtma qo'riqxonalari, 6 ta tabiat yodgorliklari, 3 ta yovvoyi hayvonlarni ko'paytirish bo'yicha pitomniklar, respublika hududidan oqib o'tuvchi 8 ta daryolarning suvni muhofaza qilish zonalari, respublika hududida joylashgan xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan suv-botqoq joylari ro'yxatga kiritilgan 2 ta (Dengizko'l va Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi) ko'llar kiradi.
Shu jihatdan, muhofaza qilinadigan hududlar ularni saqlash, qayta tiklash va foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, so'nggi yillarda muhofaza etiladigan tabiiy maydonlar mamlakat umumiy maydonining 8 foiziga etkazildi, ushbu ko'rsatkich 5 yil oldin 5,2 foizni tashkil etardi.
Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan “Baday-to'qay” davlat qo'riqxonasi negizida “Quyi-Amudaryo” davlat biosfera rezervati, “Sudoch`e – Akpetki” davlat buyurtmaxonasi tashkil etildi. Hozirgi kunda qo'shni davlatlar bilan hamkorlikda transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish bo'yicha muhokamalar olib borilayotir.
Prezidentimiz tomonidan xalqaro miqyosda olib borilgan konstruktiv sa'y-harakatlar hamda xalqaro anjumanlarda bildirilgan tashabbuslar bilan BMTning Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik asosida trast fondi tashkil etilgani, Orolbo'yi mintaqasi ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilingani o'z navbatida, nafaqat mamlakatda, balki mintaqada biologik-xilmaxillikni saqlab qolish imkoniyatlarini yaratadi.
Bir so'z bilan aytganda, mamlakatimizda biologik xilma-xillikni asrashga qaratilgan ezgu amallar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, jamiyatda sog'lom turmush tarzini chuqur qaror toptirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 53.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling