Biologik resurslardan foydalanish va ularni muxofaza qilish


Download 68.92 Kb.
bet1/6
Sana05.04.2023
Hajmi68.92 Kb.
#1275951
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUXOFAZA QILISH


BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUXOFAZA QILISH
Reja
1. O‘zbekistonda Yer resurslaridan foydalanishning muammolari
2. Yer osti qazilmalaridan oqilona foydalanish mummolari
3. O‘zbekistonda mineral resurslardan foydalanish
O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi 44,9 mln. ga ni tashkil qiladi. Yer fondi quyidagi toifalarga ajratiladi:

  • qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

  • aholi punktlarining yerlari;

  • sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

  • tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;

  • tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

  • o‘rmon fondi yerlari;

  • suv fondi yerlari;

  • zaxira yerlar.

qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan Yer fondi uch toifaga bo‘linadi: sug‘oriladigan yerlar, lalmikor yerlar, tabiiy yaylovlar.
Tabiiy yaylovlar 50,1%, sug‘oriladigan yerlar 9,7%, lalmikor yerlar 1,7%, o‘rmonlar 3,2% , boshqa va foydalanilmaydigan yerlar 35,3% ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. ga ni tashkil qiladi va qishloq xo‘jalik mahsulotining 93%dan ortig‘ini beradi.

O‘zbekistonda mavjud sug‘oriladigan yerlarning 50 % dan ortig‘i sho‘rlangan. Ayniqsa qoraqalpog‘iston respublikasi, Buxoro va Sirdaryo viloyati tuproqlari kuchli sho‘rlangan. Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50%gacha kamaygan.
2 mln. gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan. SHamol eroziyasi katta maydonni egallagan. Suv eroziyasi asosan tog‘ oldi, tog‘li hududlarda kuzatiladi va yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, tik yon bag‘irlarni noto‘g‘ri haydash va o‘simlik qoplamining kamayishi natijasida amalga oshadi. Bunday yerlar Farg‘ona, Surxondaryo, qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan.
O‘zbekistonda tuproqlarning mineral o‘g‘it va zaxarli kimyoviy moddalar bilan ifloslanish darajasi doimo yuqori bo‘lgan. Bunday vaziyatning asosiy sababi uzoq vaqt davomida yuqor hosil olish va zarakunandalarga qarshi kurash maqsadlarida kimyoviy modalarning haddan tashqari ortiqcha ishlatilganligidir. Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashib ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o‘g‘itlar, pestitsid va gerbitsidlar ishlatilishining me’yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
SHaharlar va sanoat rayonlarida tuproqlarning og‘ir metallar va boshqa zaharli birikmalar, shu jumladan qo‘rg‘oshin, mis, kadmiy bilan kuchli ifloslanishi kuzatiladi. Ayniqsa Olmaliq, Navoiy, Toshkent shahri va atrofi tuproqlari kuchli ifloslangan.
Yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun Yer fondining holatini kuzatib turish tizimi- Yer monitoringi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston juda ham boy Yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Respublikada 160 ming gektardan ortiq yerlar texnogen buzilgandir. Yer va Yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston respublikasida 1998-yili«Yer kodeksi» qabul qilingan.



Download 68.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling