Biologik resurslardan foydalanish va ularni muxofaza qilish
Download 68.92 Kb.
|
BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUXOFAZA QILISH
Hayvonlar biomassasi tirik mavjudotlar biomassasining 2 foizini tashkil qilishga qaramasdan ular biosferadagi modda almashinuvi, boshqa turli jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Biosferadagi hayvon turlarining aniqlangan soni 1,5 mln.dan oshadi. Sodda hayvonlar tuproq hosil bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Hayvonlar o‘simliklar hayotiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Hayvonlar konsument(geterotrof) organizm sifatida biosferada moddalarning aylanma harakatida o‘zining ekologik ahamiyatiga ega. Inson uchun hayvonlar oziq mahsuli, xom ashyo manbai, uy hayvonlari zotlarini yaxshilash va estetik zavq manbaidir.
Hayvonlarning 1 mln.dan ortiq turi xashoratlarga to‘g‘ri keladi. Xashoratlar o‘simliklarni changlaydi, qushlar, boshqa umurtqali hayvonlar uchun ozuqa manbaidir. Yer yuzidagi hayvonlar biomassasining 95 foizdan ortig‘i umurtqasizlarga to‘g‘ri keladi. Umurtqali hayvonlar ichida sug emizuvchilar, qushlar, baliqlar, sudralib yuruvchilar eng katta ahamiyatga egadir. Dunyo okeanida hayvonlar biomassasi o‘simliklar biomassasidan kattadir. Yer yuzida inson uchun zararli bo‘lgan yirtqichlar, turli kasallik tarqatuvchi hayvonlar, ekinlarning zararkunandalari ham mavjuddir. Insonning bevosita ta’siri natijasida oxirgi ikki yuz yil ichida 300 dan ortiq sut emizuvchilar va qushlar turlari yo‘q qilingan. O‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, hayot muhitining ifloslanishi orqali inson katta miqyosda hayvonot dunyosiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Yer yuzidagi hamma biologik turlar kerakli va ular o‘ziga xos ekologik makonni egallaydilar. Har qanday jonzotga rahmli va muruvvatli bo‘lish savob amallardan hisoblanadi. Hayvonlarga azob berish, ularni urushtirish orqali ko‘ngilochar tomoshalar uyushtirish islomda qat’iyan man qilinadi. Hayvonlarni tor, qorong‘u xonalarda boqish qoralanadi. Hayvonlarni so‘yish faqat «halol» yo‘l bilan, ularga ortiqcha aziyat etkazmasdan amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlanadi. Alloh barcha jonzotlarning yaratuvchisi va ularni birdek sevishi qur’oni Karim oyatlarida bayon etilgan: Bu hikmatdan hamma jonzotlar Allohning yagona oilasi vakillari ekanligi haqidagi ma’no kelib chiqadi. Bizning ularning ichida foydali, zaralilarini ajratishimiz, ayniqsa, zaruratsiz jonzotlarni nobud qilish noo‘rin ishlardandir. Faqatgini ovqat zarurati uchun ov qilishga ruxsat beriladi. Har qanday katta-kichik hayvonlarni behuda o‘ldirish, ayniqsa bolalarini ovlash qat’iy man qilinadi. Islomda fil, ayiq, maymun, sichqon, ilon, kaltakesak va boshqa hayvonlar go‘shtining xarom qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Islomda nafaqat hayvonlarga ozor berish, hatto ularni xaqoratlash ham man qilinadi. XIII asrda arab olimi Abu as-Salom payg‘ambarimiz(S.A.V)ning o‘gitlarini o‘rganib hayvonlarning huquqlari to‘g‘risida asar yozgan(Boreyko,2000). Daraxtlar va o‘simliklarga, xatto tog‘u-toshlarga ham mehrli munosabatda bo‘lish islomga xos hisoblanadi. Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma-xil bo‘lsa, uning tashqi ta’sirga chidamliligi ham shunchalik kuchli bo‘ladi. SHuning uchun biosferadagi mavjud xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Genetik xilma-xillik, turlar xilma-xilligi, ekosistemalar xilma-xilligi ajratiladi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar tashkil qilish faoliyati jadallashgan. Download 68.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling