Biologik resurslardan foydalanish va ularni muxofaza qilish


O‘ZBEKISTONDA MINERAL RESURSLARDAN FOYDALANISH


Download 68.92 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi68.92 Kb.
#1275951
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIOLOGIK RESURSLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUXOFAZA QILISH

O‘ZBEKISTONDA MINERAL RESURSLARDAN FOYDALANISH

O‘zbekiston Respublikasi mineral xom-ashyo resurslariga boydir. O‘zbekistonda Mendeleev davriy jadvalidagi deyarli barcha elementlar konlari mavjud desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Har yili o‘nlab mineral xom-ashyo konlari ishga tushirilayapti.


Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi. SHundan 60 dan ortig‘i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib toplgan bo‘lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AqSH dollarini tashkil etadi. SHu bilan birga umumiy mineral-xom ashyo potensial 3,3 trillion AQSH dollaridan ortiqroq baholanadi(Karimov,1997). O‘zbekistonda qazilma boyliklarni qidirib topish, ishga tushirish, qazib olish, tashish jarayonlarida ko‘plab yerlar qaziladi, keraksiz tog‘ jinslari ag‘darmalari vujudga keladi.
Zilzila, surilma va sel xavfi bo‘lgan O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida joylashgan chiqindixonalar ekologik xavfsizlik talablariga to‘la javob bermaydi. Gaz, neft va boshqa qazilmalarni ko‘plab chiqarilishi zilzila va surilmalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida O‘zbekiston xom- ashyo bazasi hisoblanib, oltin, volfram, mis, uran, neft, gaz, ko‘mirning ko‘plab qazib chiqarilishi qayta tiklanmaydigan bu resurslar zaxirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim konlardagi gaz zaxirasi tugash arafasida. qazilma boyliklardan to‘liq foydalanishning ta’minlanmanganligi natijasida tog‘-kon sanoatida hosil bo‘ladigan chiqindilar atrof muhitning kuchli ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda 60 yildan ortiq vaqt davomida uran qazib olinadi. Bu davr ichida 150 ga yaqin radioaktiv ifloslangan uchastkalar hosil bo‘lgan va ularda mahsus dastur bo‘yicha dezaktivatsiya, rekultivatsiya qilish lozimdir. O‘zbekistondan 30 km. masofada Maylisuv(qirg‘iziston) daryosi qirg‘oqlarida 23 chiqindixona va 13 ag‘darmalarda katta xajmdagi radioaktiv chiqindilar saqlanadi. Bu regional ekologik halokat manbasidir. Sel yoki surilma natijasida bu chiqindilarning Maylisuv, qoradaryo va Sirdaryoga tushishi O‘zbekistonda 300 km2 maydonda, 1,5 mln.dan ortiq aholi yashaydigan hududda ekologik halokat keltirib chiqarish mumkin(Natsionalno‘y doklad, 2005).
Mineral resurslardan foydalanishni tartibga solish uchun O‘zbekistonda «Yer osti qazilmalari to‘g‘risida»gi(2002) qonun qabul qilingan.
CHiqindilar muammosini hal qilish O‘zbekistondagi eng dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Tog‘-kon sanoati eng katta xajmdagi chiqindilarni beradi. Har yili o‘rta hisobda 100 mln.tonnadan ortiq sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar vujudga keladi va 15-20% zaxarlidir. Respublikada chiqindilarni joylashtirish va zararsizlantirish, qayta ishlash talabga to‘la javob bermaydi. Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida eng ko‘p chiqindilar hosil bo‘ladi va joylashtiriladi. Qayta ishlanadigan qattiq chiqindilar 14-15%ni tashkil qildi. Bu sohadagi faoliyatni tartibga solish maqsadlarida O‘zbekistonda 2002-yili «CHiqindilar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan.
Pelikanlar balik va akvatik o‘simliklarni eyishga moslashgan kushlardir. 20 asr o‘rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AKSH da DDT preparati kishlok xo‘jalik ekinlariga kiron keltiruvchi xashoratlarni yo‘k kilish uchun nazorat sifatida keng ko‘lamda ishlatila boshlandi. Bu xolat pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. CHunki pelikanlarning tuxumlari ingichka shaklga o‘tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chikish xolati ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo‘koldi. 2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortik jigarrang pelikanlar yashamokda.
O‘simlik va hayvonlar Erning hayot qobig‘i-biosferaning asosiy komponentlaridan bo‘lib, tabiiy resurslar orasida alohida o‘rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o‘simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o‘ziga xos barqaror muvozanat ko‘p jihatdan o‘simlik va hayvonlarning biologik xilma-xilligining mavjudligi bilan bog‘liqdir.
O‘simliklar va hayvonlar sayyoramizning genofondi hisoblanadi va har bir tur tabiatdagi o‘z o‘rniga ega. Biosferada moddalarning aylanma harakati faqat tirik organizmlar ishtirokida amalga oshadi. Bu jarayonni biosferada uglerod (SO2 ) ning aylanma harakati misolida ham ko‘rish mumkin.
O‘simlik va hayvonlarning mahsulotisiz inson ^hayotini tasavur qilib bo‘lmaydi.

Download 68.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling