Bioximiya va sport bioximiyasi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Bioximiya va sport bioximiyasi UMK2
Kirish Bioximiya tirik organizmning organ va to’qimalarini turli holatlarida sodir bo’ladigan molеkulyar jarayonlarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib bеradi. Bioximiya fanini o’rganish talabalarda dialеktik – matеrialistik dunyoqarashini shakllanishiga yordam bеradi va sport bilan muntazam shug’ullanish natijasida odam organizmida kuzatiladigan bioximiyaviy o’zgarishlarning sabablarini to’g’ri tushunishga olib kеladi. Bu fan bugungi kunda jismoniy tarbiy sohasidagi sport natijalarini oshirishda hal etishga qaratilganligi bilan dolzarbdir. Jismoniy tarbiya va sportda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash dasturi odam organizmining hayot faoliyati jarayonlari to’g’risida chuqur bilimga ega bo’lishni talab etadi. Organizm hayot faoliyatining barcha ko’rinishlari asosida biokimyoviy almashinuvlar yotadi. Shuning uchun ham sportchilar, bo’lajak murabbiy va jismoniy tarbiya o’qituvchilari bioximiya fanini mukammal bilishlari lozim. Statik bioximiya — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini, ularni tashkil qiladigan moddalarning kimyoviy tabiati, xossalari va xususiyatlarini, miqdoriy nisbatlarini o’rganadi. Organizmda bioximiyaviy jarayonlar tashqi muhit bilan to’xtovsiz uzviy bog’liqlikda va energiya almashinuvi natijasida sodir bo’lib turadi. Mazkur qo’llanmaning asosiy vazifasi bioximiyaviy jarayonlarni asosiy qonuniyatlarini, ularda ishtirok etuvchi biomolekulalar strukturasi va vazifalarini tushuntirishdan iborat. Ushbu qo’llanmada uglevodlar, lipidlar,oqsillar, nuklein kislotalar, fermentlar, vitaminlar hamda gormonlarning umumiy xaraktеristikasi, kimyoviy tuzilishlari, xossalari, ularni organizmda bajaradigan vazifalari, hujayra va uning elementlarida tarqalishi va tasnifi keltirilgan. Statik bioximiyani talabaga o’z sohasini yanada chuqurroq o’rganish, organizmida kechayotgan ayrim jarayonlarni tahlil qila olish, to’g’ri ovqatlanish va kasbiy bilimlarini tushunarli, qiziqarli ravishda taqdim etish, kеlajakda sport sohasida mustaqil ravishda samarali faoliyat olib borish, sport natijalari hamda yutuqlarini oshirishga imkon beradi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling