Bioximiya va sport bioximiyasi
MAVZU-14. SPORTCHILAR ISH QOBILIYATIDAGI BIOKIMYOVIY
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Bioximiya va sport bioximiyasi UMK2
MAVZU-14. SPORTCHILAR ISH QOBILIYATIDAGI BIOKIMYOVIY
Rеja: 1. Sport ish qobiliyatini belgilaydigan omillar. 2. Anaerob va aerob ish qobiliyatlarining ko`rsatkichlaridagi farqlar. 3. Sport ish qobiliyatining spetsifikligi. 4. Sportchilarning ish qobiliyatiga mashqlanishning ta`siri. 5. Sportchilarning ish qobiliyatiga yoshlarini ta`siri. Ish qobiliyati – organizmning ayrim bir vaqt ichida ma‘lum hajmdagi jismoniy yoki aqliy ishni bajarish qobiliyatidir. Ish qobiliyati – mana shunday o’zakki, sportchilarning barcha qolgan xususuyatlari unga terib qo’yilgan. Sportchining ish qobiliyatini oshirish – bu har qanday darajadagi mashqlanish mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Organizmning tezkorlik-kuchlilik sifatlari va bioenergetik imkoniyatlarini potensiya (organizmning ichki imkoniyatlari) omillari guruhiga kiritiladi. Texnika, taktika va sportchining psixologik tayyorgarligi sport turlarining ayni sharoitlarida potensiya omillarining amalga oshirish darajasini aniqlaydigan unumdorlik omillari guruhini tashkil qiladi. Masalan, mashqlarni bajarishda yuqori texnikani egallash harakatning har bir aktida yoki mashqlarning alohida elementlarini bajarishda organizmning ichki imkoniyatlaridan yanada unumliroq foydalanishga imkon beradi. Sport o’yinlarining (musobaqalarining) olib borishni takomillashgan taktikasi sport musobaqalarining davomida yoki ularning alohida epizodlarida tezkorlik-kuchlilik va bioenergetik potensiyalarini (ichki imkoni-yatlarini) amalga oshirishga yaxshi imkon yaratadi. Sportchilarning jismoniy ish qobiliyatini belgilaydigan biokimyoviy omillar ichida, birinchi navbatda muskullarning qisqartiruvchi oqsillarini umumiy miqdori va fermentativ xususuyatlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, qisqarayotgan muskulda rivojlanayotgan kuchlanishni katta-kichikligi miofibrillardagi aktin va miozin iplarining o’rtasida hosil bo’lgan ko’ndalang ko’prikchalarni soniga to’g‘ri proporsional bo’ladi. Har bir sarkomerning doirasida aktinning umumiy miqdori qancha ko’p va miozin ipi uzunroq bo’lsa, ana shu ko’prikchalarning hosil bo’lish imkoniyati shuncha katta bo’ladi, binobarin, maksimal muskul kuchlanishining rivojlanishi yuqori bo’ladi. Muskullarning qisqarishini maksimal tezligi miozin ATF- azasining nisbiy faolligi, ya‘ni ATFning fermentative parchalanish tezligiga to’g‘ri proporsional ravishda bog‘langan bo’ladi. Miozin ATF-azasining faolligi turli muskul tolalarida keskin farqlanadi: oq tez qisqaradigan tolalarda qizil sekin qisqaradigan tolalardagiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Har xil muskullarda tolalarning ana shu tiplari turli kombinatsiyada (nisbatda) bo’ladi. Tez va sekin qisqaradigan tolalarning proporsiyasini o’zgarishi muskullarning fuksional xususiyatlariga bevosita ta‘sir qiladi. Mana shu tip tolalar hat xil motoneyronlar bilan ta‘minlangan turli harakatlantiruvchi birliklar tarkibiga kirganligi sababli ular ishga har xil vaqtda kirishadi va tolalarning qisqarish tezligi ham har xil bo’ladi. Muskul tarkibida oq tez qisqaradigan muskul tolalarining foizi qancha ko’p bo’lsa, uning tezkorlik-kuchlilik xususiyatlari shuncha yuqori bo’ladi. Va, aksincha, muskul tarkibida qizil sekin qisqaradigan muskul tolalarining foizi qancha ko’p bo’lsa, uning uzoq vaqt davom etadigan ishlarni bajarish imkoniyati shuncha katta bo’ladi. Odamning jismoniy ish qobiliyatini belgilaydigan eng muhim biokimyoviy omil uning organizmini bioenergetik imkoniyatlari hisoblanadi. Har qanday ish energiya sarflashni talab etadi. Bu energiya esa odamning organizmida har xil intensivlik va davomiylikdagi muskul faoliyatida o’zaro nisbatlari bir xil bo’lma-gan anaerob va aerob yo’llar bilan sodir bo’ladigan biokimyoviy jarayonlarda hosil bo’ladi. Sportchining muskul ish faoliyatini energetik tavsifi qulay bo’lishi maqsadida uning ish imkoniyatlarini aniqlaydigan omil sifatida organizmning anaerob va aerob ish qobiliyatlari tushunchasi qabul qilingan. Aerob ish qobiliyati - Ishlayotgan to’qimalarda kislorodni yetkazib berilishi va ishlatilishi (utilizatsiya qilinishi) kuchayishi bilan bir vaqtda boradigan hujayraning mitoxondriyalaridagi aerob jarayonlarning kuchayishi hisobiga ishni bajarish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Aerob ish qobiliyati ayniqsa uzoq davom etadigan katta va mo’tadil quvvatli ishlarni bajarilganda namoyon bo’ladi. Alaktat anaerob ish qobiliyati - Bu asosan ATF-aza va kreatinkinaza reaksiyalarida energiyani o’zgartirish jarayonlari hisobiga ishni bajarish imko-niyatlari. Alaktat anaerob qobiliyat – bajarilish vaqti 15-20 sekunddan oshmay-digan qisqa muddatli, maksimal intensivlikdagi mashqlarni bajarganda namoyon bo’ladi. Glikolitik anaerob ish qobiliyati - Sut kislotasini to’planishi bilan boradigan ishda anaerob glikolizning kuchayish imkoniyati tushuniladi. U bajarilish vaqti 30 sekunddan to 2-3 minutgacha boradigan mashqlarni bajarishda namoyon bo’ladi. Bunday masjqlarni bajarganda glikoliz jarayonining tezligi o’zining eng yuqori darajasiga yetadi va qonda ko’p miqdorda sut kislotasi yig‘iladi (to 2,5 g/l va ko’proq). Yuqorida keltirilgan jismoniy ish qobiiyatining komponentlaridan har biri uchta biyokimyoviy kriteriyalar – quvvat, hajm va samaradorlik kriteriyalari bilan ifodalanadi. Aerob jarayoning maksimal quvvatini bajarish vaqti 2-7 minutga teng bo`lgan mashqlarda kuzatiladi va yuqori malakali sportchilarda 1,2 kDj/kg.min ni tashkil etadi. Shunday qilib, agarda ana shu uchta energiya o`zgartirish bioenergetik jarayonlarining energiya ishlab chiqarish tezliklarining maksimal ko`rsatkichlarini o`zaro solishtirilganda aerob glikolitik va alaktat jarayonlarning nisbati 1:2:3 ko`rinishga ega bo`ladi. Agarda bu jarayonlarning maksimal energetik hajimlarini solishtirganda, aerob jarayon o`zining energetik hajmi bilan alaktat anaerob va glikolitik anaerob jarayonlaridan birnecha marta ustunlik qiladi. Aerob oksidlanish uchun substrat bo`lib faqat muskullardagi glikogen va yog`larning zahiralari emas, balki qondagi glyukoza, erkin moy kislotalari, keton tanachalari, gliserin hamda jigarning glikogen zahirasi va turli yog` rezervlari hizmat qiladi. Shuning uchun ham aerob jarayonining umumiy hajmini cheksiz desa bo`ladi va uni aniq chegaralab bo`lmaydi. Lekin ishni berilgan tezligida ushlab tura olish vaqti bo`yicha har uchchala bioenergitik jarayonlarning hajmini taqqoslaganda, aerob jarayoning hajmi anaerob glikolizni hajmiga nisbatan 1-tartibga, alaktat anaerob jarayoninikigaesa 2-tartibga yuqori bo`ladi. Shunday qilib, aerob, glikolitik va alaktat jarayonlarning maksimal hajimlari o`zaro 100:10:1 nisbatda bo`ladi. Mana shu energetik jarayonlarning energetik samaragorligi ko`rsatkichlarida ham yetarli darajada katta farqlar kuzatiladi. Sport ish qobiliyatining spetsifikligi Sportning u yoki bu turida jismoniy ish qobiliyatining aniq nomoyon bo`lishi spesifiklik xarakteriga ega. Bu sfetsifiklik sport mashqlari ta`sirida shakllanadigan sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlarining rivojlanish darajalarini o`zaro nisbatlariga bog`liq bo`ladi. Mashqlanish jarayonida oldinga qo`yilgan vazifalar va bajariladigan ishni harakteriga qarab asosiy jismoniy yuklama faqat ishni bajarishda bevosita qatnashayotgan u yoki bu muskullargina emas, balki energiyani (ATFni) asosan yetkazib beruvchi bioenergetik jarayonlarga ham tushadi. Masalan, sportchilarning tezkorlik sifatini rivojlantirishga yo`naltirilgan, qisqa muddatli maksimal quvvatli mashqlar qo’llaniladigan mashqlanish jarayonida qo`llanilayotgan jismoniy yuklamalar tasirida muskullarda kreatinfosfarning zahirasi ko`payadi, muhitning noqulay sharoitida miozin ATF-azasi va sarkoplazmatik kreatinkinazalarning barqaror ishlashi yaxshilanadi va umuman olganda, ATFning alaktat anaerob resintezlanish imkoniyati ortadi. Uzoq muddatli mo`tadil quvvatli ishdan foyda-lanilganda sportchining organizmida ATFning resintezlanishini aerob mexanizmlari takomillashadi, organizmning energetik substratlarini zahirasi ko`payadi (birinchi navbatda jigar va muskullardagi glikogenning zahiralari). Shunday qilib, sportning har xil turlarida jismoniy mashqlarning xarakteri va bajarish uslublariga qarab sportchilarning organizmida ATFning resintezlanishini u yoki bu bioenergetik mexanizmlari yaxshi ravojlanadi. Masalan, uzoq masofaga yuguruvchilar, chang`i poygachilari, shosseda velosiped haydov-chilar, konkida uchadigan sportchilar aerob quvvatning eng yuqori ko`rsatkichlarini namoyon qilishadi. Eng katta alaktat anaerob quvvatini qisqa masofaga yuguruvchilar, xokkeychilar va trek velosiped poygachilari demonstratsiya qilishadi. O`rta masofaga yuguruvchilar, xokkeichilar, vaterpolchilar glikolitik anaerob quvvatning maksimal ko`rsatkichini namoyon qilishadi. Shosseda velosiped haydovchilar, o`rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar eng katta aerob hajmga ega. Alaktat anaerob hajimning eng yuqori darajasini qisqa masofaga yuguruvchilar, basketbjlchilar va kurashchilar demonstrasiya qilishadi. Glikolitik anaerob hajimning eng katta miqdorini o`rta masofaga yuguruvchilar, trek velosiped poygachilari va xokkeychilarda kuzatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, sportning har bir turida sportda erishiladigan yutuqlarga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadigan o`zining yetaklovchin metabolik omillari bo`ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling