Bipolyar tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichni tadqiq qilish
Download 298.98 Kb.
|
5-tajriba ishi
5 -TAJRIBA ISHI BIPOLYAR TRANZISTOR ASOSIDAGI BIR KASKADLI KUCHAYTIRGICHNI TADQIQ QILISH Ishdan maqsad: 1. Bipolyar tranzistor asosidagi kuchaytirgichining tuzilish va ishlash prinsiplarini o‘rganish; 2. Bipolyar tranzistor VAXni o‘rganish; 3. Bipolyar tranzistor VAXni tekshirish (olish), ularning asosiy ko’rsatkichlari bilan tanishish. Ishni bajarish tartibi: Ushbu tajriba ishi Multisim dasturida amalga oshiramiz. Umumiy emitterli tranzistorning VAXsini tekshirish. Isni bajarish uchun: Multisim dasturining elementlar kutubxonasi yordamida 5.1-rasmda keltirilgan umumiy emitterli tranzistor VAXsini tekshirish sxemasini chizish kerak. Elementlar kutubxonasidan NPN tipdagi 2N3501 modeldagi tranzistor, elektr qarshiligi 10 kOm bo‘lgan o‘zgaruvchan qarshilik, kuchlanishi 12 Volt bo‘lgan o‘zgarmas tok manbaini olamiz va olingan elementlarni bir-biriga ulab sxemani chizamiz. Sxemani tekshirish uchun o’lchash asboblari milliampermetr hamda voltmetrni olamiz. Sxemani ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O‘zgaruvchan qarshilikni 0 va 100 oralig’ida o‘zgartirib, tranzistor toki I ning tranzistordagi kuchlanish U ga bog’liqlik grafigini tuzdik va uni 5.1-jadvalga kiritdik. 5.1 rasm. Umumiy emitterli NPN tipdagi 2N3501 tranzistorining VAXsini tekshirish sxemasi Olingan ma’lumotlarni (5.1-jadval) ga NPN tipdagi 2N3501 tranzistorning VAXsini kiritdik. 5.1-jadval
Elementlar kutubxonasidan PNP tipdagi 2N4919 modeldagi tranzistor, elektr qarshiligi 10 kOm bo‘lgan o‘zgaruvchan qarshilik, kuchlanishi 12 Volt bo‘lgan o‘zgarmas tok manbaini olamiz va olingan elementlarni bir-biriga ulab sxemani chizamiz. Sxemani tekshirish uchun o’lchash asboblari milliampermetr hamda voltmetrni olamiz. Sxemani ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O‘zgaruvchan qarshilikni 0 va 100 oralig’ida o‘zgartirib, tranzistor toki I ning tranzistordagi kuchlanish U ga bog’liqlik grafigini tuzdik va uni 5.2-jadvalga kiritdik. 5.2 rasm. Umumiy emitterli PNP tipdagi 2N4919 tranzistorining VAXsini tekshirish sxemasi Olingan ma’lumotlarni (5.2-jadval) ga PNP tipdagi 2N4919 tranzistorning VAXsini kiritdik. 5.2-jadval
Xulosa Men bu labaratorya mashg’ulotida bipolyar tranzistor asosidagi bir kaskadli kuchaytirgichni tadqiq qilishni o’rgandim labaratorya o’tkazish vaqtida muammolarga duch kelmadik . NPN va PNP tipli bipolyar tranzistorni volt amper xarakteristikasini o’rgandik va jadvalni to’ldirib chiqdik. Download 298.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling