Bipolyar tranzistor asosidagi kalit sxemalarni tadqiq qilish
Download 27.58 Kb.
|
6-BIPOLYAR TRANZISTOR ASOSIDAGI KALIT SXEMALARNI
6-TAJRIBA ISHI BIPOLYAR TRANZISTOR ASOSIDAGI KALIT SXEMALARNI TADQIQ QILISH Ishdan maqsad: Bipolyar tranzistor asosidagi kalit sxemalarining tuzilish va ishlash prinsiplarini o‘rganish; Bipolyar tranzistor asosidagi kalit sxemalarining katta signal rejimini o‘rganish; Bipolyar tranzistor asosidagi kalit sxemalarining ochiq va yopiq holatga uzib ulanish jarayonini tadqiq etish. Ishni bajarish tartibi: Ushbu tajriba ishini Multisim dasturida amalga oshiramiz. Shоttki diоdi qo‘llаngаn kalit sxеmаning ishlashini tekshirish. Ishni bajarish uchun Multisim dasturining elementlar kutubxonasi yordamida Shоttki diоdi qo‘llаngаn kalit sxеmаsini (6.1-rasm) chizing. 6.1-rasm. Shоttki diоdi bipolyar tranzistor asosidagi kalitni tadqiq qilish sxemasi Elementlar kutubxonasidan 2N2904 modeldagi tranzistor, elektr qarshiligi 1 kOm bo‘lgan o‘zgaruvchan qarshilik, 10 K o‘zgarmas qarshilik, 10BQ040 serayali shottki diodi, o‘zgarmas tok manbai, elektr o’lchash asboblari milliampermetr hamda voltmetrni tanlaymiz. Sxema ishlashi uchun ushbu tugmani bosish kerak. O‘zgaruvchan qarshilikni 0% va 100% oralig‘ida o‘zgartirib, baza toki ning tranzistor kuchlanish U ga bog’liqlik grafigini tuzing va uni 6.1-jadvalga kiriting.
6.1-jadval
Hisobot mazmuni Laboratoriya ishining bayoni. O‘lchash natijalari jadvallari. Nazorat savollari: Kalit rejimida bipolyar tranzistorning ishlashini tushuntiring? Bipolyar tranzistorning to‘yinishi nima? Dinamik parametr – ushlanish vaqtiga ta’rif bering; Dinamik parametr – tushish vaqtiga ta’rif bering? Dinamik parametr – ulanish davomiyligiga ta’rif bering? Dinamik parametr – uzilish davomiyligiga ta’rif bering? Tranzistorning qaysi parametri noasosiy tok tashuvchilarning yashash vaqti bilan aniqlanadi? Tranzistor bazasida noasosiy zaryad tashuvchilarning jamlanishi va so‘rilish jarayonlarini tushuntiring? Download 27.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling