Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi koʻrsatkichi (nav net assets value) qanday aniqlanadi


Download 43.27 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2023
Hajmi43.27 Kb.
#1762182
  1   2
Bog'liq
Moliya javoblar



====



1..Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi koʻrsatkichi (NAV – net assets value) qanday aniqlanadi
+++ fond portfelidagi barcha qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati ular muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga boʻlinadi
2. SPO (Secondary Public Offering) - …………
 Ikkilamchi bozor avval chiqarilgan qogʻozlarni oldi-sotti bitimlari
3. Uy xoʻjaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etuvchi moliyaviy vositachi tashkilot toʻgʻri koʻrsatilgan javobni aniqlang.
 sugʻurta kompaniyalari
4. “Moliya” fanini oʻrganish sabablari toʻgʻri keltirilgan qatorni koʻrsating. 1) oʻz pul mablagʻlaridan samarali foydalanish; 2) biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 3) qiziqarli va daromadli karyera qilish; 4) mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlish; 5) dunyoqarashni kengaytirish.
 1, 2, 3, 4, 5
5. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha boʻlgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit boʻlgan iqtisodiy subyektlarga oqib oʻtishi nima deyiladi?
 moliyaviy oqim
6. Bir valyutaga nisbatan boshqa bir valyutaning bahosini oʻzgarishi………………. deb ataladi.
 valyuta kursi
7. Moliyaviy oqimning qanday moliyaviy vositachi orqali erkin (boʻsh) moliyaviy mablagʻga ega boʻlgan iqtisodiy subyektdan shunday mablagʻlar defitsit boʻlgan subyektga oqib oʻtishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli oʻzgarishi mumkin.
 Bank
8. Moliyaviy aktivlarning asosiy turlari koʻrsatilgan javobni aniqlang. 1) qarz majburiyatlari; 2) hosilaviy qimmatli qogʻozlar; 3) koʻchmas mulklar; 4) aksiyalar; 5) asbob-uskunalar.
1, 2, 4
9. Aksiyaning turlari toʻgʻri berilgan javobni belgilang.
 imtiyozli, oddiy
10. Oila boyligining qaysi qismini iste’molchilik ehtiyojlariga sarflash mumkinligi, joriy daromadning qaysi qismini kelajakda sarflash uchun saqlab qoʻyish va jamgʻarib borishlilgi uy xoʻjaliklarining qaysi qaroriga misol boʻladi?
 pul mablagʻlarini iste’mol qilish va jamgʻarish toʻgʻrisidagi qarorlar
11. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning rejalashtirish funksiyasi tarkibiga kiruvchi faoliyatlari toʻgʻri berilgan qatorni belgilang. 1) uzoq va qisqa muddatli moliyaviy va korporativ rejalarni tuzish; 2) ichki auditorlik tekshiruvlari oʻtkazish; 3) joriy operatsiyalar smetasini tuzish; 4) sotuv hajmini bashorat qilish; 5) firma faoliyati samaradorligini baholash; 6) baholarni shakllantirish siyosatini ishlab chiqish.
 1,3,4,5,6
12. “Moliya” tushunchasiga toʻliq va toʻgʻri ta’rif berilgan javobni koʻrsating.
 Pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bogʻliq pulli munosabatlar yigʻindisi
13. Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funksiyalari togʻri berilgan javobni aniqlang. 1) rejalashtirish; 2) pul mablagʻlarini boshqarish; 3) korporatsiya aktivlarini himoya qilish; 4) investorlar bilan oʻzaro munosabatlar; 5) kapital bilan ta’minlash; 6) buxgalteriya hisobi; 7) soliqlarni boshqarish; 8) baholash va konsalting; 9) boshqaruvning axborot tizimlari; 10) oʻzgarmas xarajatlarni oshirish.
 1,2,3,4,5,6,7,8,9
14. Qaysi bank 1958-yildan 1966-yilga qadar, ya’ni 8 yil davomida Kaliforniya shtatining kredit kartochkalari bozorida yakka oʻzi hukmronlik qilgan edi?
 Bank of America
15. …………….… deb, kontraktda koʻrsatilgan narx va vaqt boʻyicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi.
 forvard kontraktlar (forward contracts)
16. Oʻrta va uzoq muddatli qarz majburiyatlari bozori qanday nomlanadi?
 kapital bozori
17. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy vositachilar tarkibiga kirmaydi?
Uy xoʻjaliklari
18. Moliyaviy hisobotlarninig qanday asosiy turlari mavjud?
 Balans, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot
19. Quyidagilardan qaysi biri xalqaro kredit kartalarga misol boʻla oladi? 1) VISA Card; 2) Master Card; 3) American Express Card; 4) Labour Card; 5) UzCard; 6) Humo Card
 1, 2, 3
20. “Har bir individ oʻzining kapitalini eng koʻp foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga koʻra, umumiy manfatlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat oʻzining xavfsizligi va foyda tashvishga soladi. Biroq mutloq oʻzining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga kirmaydigan natijaga koʻrinmas qoʻl tomonidan yoʻllanadi. Oʻz manfaatlari izidan borib, u koʻpincha haqiqatda qilmoqchi boʻlganidan koʻra koʻproq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq yordam beradi”. Ushbu fikrlar muallif kim?
 A.Smit
21. Investorda 50 mln.soʻm bor va shu summani ikki yil muddatga bankka omonatga qoʻymoqchi. Birinchi bankda omonat uchun yillik foiz stavkasi 7%ni tashkil etadi, ikkinchi bank esa birinchi yil 6%, ikkinchi yil 8% li omonatni taklif etmoqda. Bunday vaziyatda investor ulardan qaysi birini tanlaydi? Hisoblashlar murakkab foizda yiligi bir marta amalga oshiriladi
 Birinchi bankni
22. Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar boʻlinmagan hajmi natijasida yuzaga kelishida qanday muammo vujudga keladi.
 noqulay tanlov
23. Iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan barcha narsalar ……………... deyiladi.
 Aktivlar
24. Valyuta tizimi bu - ..................
Davlatlararo bitim yoki milliy qonunlarga muvofiq valyuta munosabatlarini tashkil qilish va boshqarish shakllarini oʻz ichiga oladi.
25. Tahlilning qaysi uslubida moliyaviy institutlarning oʻz-oʻzlari emas, balki ularning funksiyalari olinadi.
funksional yondoshuv

1. Tahlillarga koʻra “ABC” supermarketlar tarmogʻining sotish daromadliligi koeffitsiyenti 2 %, aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti 5 ga teng. U holda “ABC” supermarketlar tarmogʻining aktivlar daromadliligi koeffitsiyentini aniqlang.


0,1
3. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar boʻyicha foiz stavkasi, uzoq muddatlilarining foiz stavkasiga teng boʻlishi mumkinmi?
 Boʻlishi mumkin
5. Moliyaviy oqimning qanday moliyaviy vositachi orqali erkin (boʻsh) moliyaviy mablagʻga ega boʻlgan iqtisodiy subyektdan shunday mablagʻlar defitsit boʻlgan subyektga oqib oʻtishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli oʻzgarishi mumkin.
 Bank
9. Pul oqimi zudlik bilan emas, joriy davrning oxirida boshlansa, bunday shartnoma …………. deb ataladi.
  oddiy annuitet
10. Investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida boʻlajak pul tushumlari yoki toʻlovlari yildan-yilga oʻzgarmay qolishi …………….. deb ataladi.
 Annuitet
12. “Nikkei”, “Topix” kabi fond indekslar qaysi davlat fond bozorlarida qoʻllaniladi.
 Yaponiya
13. Asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat boʻlgan moliyaviy vositachilar kimlar?
 Markaziy banklar
16. Uy xoʻjaliklari qanday qilib va qanday shartlarda moliyaviy vaziyat mavhumligi va yoʻl qoʻyiladigan risk darajasini qachon kamaytirishlari kerakligi uy xoʻjaliklarining qaysi qaroriga misol boʻladi?
 riskni boshqarish bilan bogʻliq qarorlar
18. Kredit riski, foiz riski, bozor riski, foiz riski qanday risk turiga mansub?
 moliyaviy risk
20. Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy vositachilar tarkibiga kirmaydi?
Uy xoʻjaliklari
21. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
 EBIT/foiz toʻlovlari xarajatlari
22. Joriy qiymatni topish formulasi toʻgʻri berilgan javobni koʻrsating.
 FV/(1+i)n
25. “Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qoʻyilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat”. Gap nima haqida ketmoqda?
 Hosilaviy qimmatli qogʻozlar


Download 43.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling