Bir davlatning kelajagi, O’sha davlat insonlarining ta’lim-tarbiyasiga bog’liq
Download 10 Kb.
|
attachment
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kuch – Adolatda”
BIR DAVLATNING KELAJAGI, O’SHA DAVLAT INSONLARINING TA’LIM-TARBIYASIGA BOG’LIQ O’qituchi inson hayotini keskin mo’jizaviy tarzda o’zgartirishga sababchi bo’lishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Ta’lim berib emas tarbiya berib. Chunki ta’lim berish biron bir ma’lumotni singdirish, o’qitish bo’ladi. Tarbiya berish esa o’sha ma’lumot asosida ulg’aytirish , yetishtirish. Masalan Alisher Navoiy G’azallarini hammamiz yodlaganmiz, qachon tug’ilib – qachon vafot etganini bilamiz ammo hayotda bizga unchalik zarur emas. Lekin o’sha g’azallari bo’yicha, Alisher Navoiy hayotda nimalar qilgani bo’yicha ta’lim berib turib o’sha asosida tarbiya berilsa bu haqiqiy tarbiya bo’ladi. Buni faqatgina sof oltindek o’qituvchilar qiloladi. Yoki Amir Temur qachon tug’ilib – qachon vafot etgani, qancha jang qilgani muhim emas. O’sha bittagina so’zi “Kuch – Adolatda” degan so’zini hayotga taqdim etoladigan darajada tarbiya qilinsakgina foydasi bor deb o’ylayman. Masalan: Oilada, jamiyatda, do’stga, kattaga, kichikga qanday adolatli bo’lish va o’sha adolatli bo’lish oqibatidagina biz kuchli bo’la olishimizni singdira olish yani o’sha asosida tarbiya qila olishimiz, qilinishimiz bizni hayot tarzimizni keskin o’zgartirishi mumkun. Yani ta’lim degani biron bir narsani aytib berishimizdir, tarbiya esa o’sha biron narsani aytib, ko’rsatib, qilaolishimizdir. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. O’qituvchi uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim. Tarbiyani qanchalik muhim ekanligini aytadigan bo’lsam . Insonga ta’lim berayotganizda u insonning yomon fe’l atvori yo’qolmaydi agarda ta’limga qo’shib tarbiya bera olsa u inson yomon fe’l atvoridan ham halos bo’ladi. Mana hozirgi kunda jamiyatdagi insonlar 7-8 yil turli xil ta’lim muassalarida ta’lim beriladi. Faqatgina ta’lim olishadi. O’qtuvchilar tomonidan ta’lim beriladi. Lekin tarbiya berilmagani uchun o’zini xalqini pulini o’zlashtirishga, yeyishga vaqtini o’tkazib qo’yishadi. Tarbiya olgan insonlar bo’lsa hoh u oddiy inson yoki mansabdor, xalqiga, jamiyatiga foydali bo’lishga harakat qilishadi. O’sha sof oltindek o’qtuvchilarni ta’lim-tarbiya berishda o’rni, xizmati katta bo’ladi. Bugungi kunda jamiyatimizga huddi shunday faqat ta’lim emas ta’lim asosida tarbiya beroladigan o’qtuvchilarga muxtojmiz deb o’ylayman. Muallif: Omonboyev Kamol Download 10 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling