Yassi, to’garak, halqali chuvalchanglar tipi.
1. Quydagi organizmlardan qaysi birlari bo’linish yo’li bilan ko’payadi?
1. amyoba 2. jigar qurti 3.qoramol solyotiri 4. volvoks 5. oq planariya 6. yomg’ir chuvalchangi 7.chig’anoqsiz shilliq 8. gidra 9. yashil evglena 10. exonikok 11. aktniya
A) 1.4.5.9.11 B) 3.5.6.8.11
C)1.2.3.8.10 D) 1.4.5.6.8
2.Bo’rtma nematodalar gulxayridoshlar oilasining qaysi vakillarida parazitlik qiladi?
A) dorivor gulxayri,kanop
B) kanop,g’o’za
C) Misr g’o’zasi,dorivor gulxari
D) bo’ritaroq, g’o’za
3. Qaysi hayvonlar guruhi mayda bo’laklarga bo’linganda ham, yana qaytadan tiklanishi mumkin?
A) jigar qurti, oq planariya
B) oq planariya, exinokokk
C) gidra, yomg’ir chuvalchangi
D) gidra, oq planariya
4. Oq planariyaga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang
1.tanasi kipriklar bilan qoplangan 2.bosh va qorin so’rg’ichlari bo’ladi 3.halqumdan uch shoxli ichak boshlanadi 4.tana bo’shlig’i bor 5.tana bo’shlig’i bo’lmaydi 6.orqa chiqaruv teshigi bo’lmaydi 7. anal teshigi bo’lmaydi 8.yirtqich 9. parazit
A) 1,2,4,5,6 B) 1,3,4,6,8
C) 1,4,5,6,7 D) 1,2,4,6,9
5. Qaysi hayvonlarning ichaklari shoxlangan bo’lib,uchi berk bo’ladi?
1. askarida 2.ostrisa 3.jigar qurti 4.planariya 5.exinokokk 6.bolalar gijjasi
A) 3,4 B) 2,3,6 C) 3,4,6 D) 3,5,6
6. Yassi chuvalchanglar ichida eng qadimgisi berilgan javobni toping.
A) kiprikli chuvalchanglar
B) ichaksiz kiprikli chuvalchanglar
C) so’rg’ichlilar
D) tasmasimon chuvalchanglar
7. Yassi chuvalchanglarga xos xususiyatlarini belgilang.
1.tanasi nursimon simmetryali 2.tanasi ikki tomonlama simmetryali 3.tana bo’shlig’i yo’q 4.tana bo’shlig’ bor 5.oldingi uchida boshchasi bor 6.boshchasi yo’q 7.ovqat hazm qilish sitemasining uchlari berk 8.ichak uchlari berk emas.
A) 1,3,6,7 B) 2,4,7 C) 2,4,5,8 D) 1,3,5,7
8. To’garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqlarini aniqlang.
1.tana bo’shlig’ining bo’lishi 2.anal teshigining bo’lishi 3.kloakaning bo’lishi 4.ichki azolarning murakkab tuzulganligi 5.oshqozonning bo’lishi
A) 2,4 B) 3,4,5 C) 1,2,4 D) 1,2,5
9. Yassi chuvalchanglar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
A) kiprikli infuziryalardan
B) to’garak chuvalchanglardan
C) bo’shliqichlilardan
Do'stlaringiz bilan baham: |