Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Zoologoyaning 20-asrlarda rivojlanishi


Download 44.94 Kb.
bet13/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Zoologoyaning 20-asrlarda rivojlanishi
Zoologiya sohasidagi tadqiqotlaming miqyosi XX asrda ayniqsa kengayib ketdi. Hayvonot dunyosini o'rganish rejali asosda va kompleks ravishda olib boriladigan bo'ldi. Bu sohada A. N. Seversov (evolyutsion morfologiya), N. K. Kolsov (genetika), YE. N. Pavlovskiy (parazitologiya), К. I. Skryabin (gelmintologiya), V.A. Dogel (parazitologiya, protistologiya), V. N. Beklemishev (solishtirma anatomiya), L. A. Zenkevich (sistematika), G. YA. Beybiyenko (entomologiya) va boshqa zoologlaming ilmiy maktablari katta yutuqlami qo'lga kiritdi. Akademik A. A. Zenkevich (1889-1970) rahbarligida Shimoliy dengizlar va Tinch okeani umurtqasiz hayvonlarini o'rganish borasida yirik ilmiy tadqiqotlar olib borildi; 5 jildli “SSSR dengizlari faunasi” va 7 jildli “Hayvonlar hayoti” asarlari yaratildi. YE. N. Pavlovskiy (1884-1965) organizm bilan uning yashash muhiti o'rtasidagi munosabatlami o'rganish asosida o'zining transmissiv kasalliklarning tabiiy manbalari to'g'risidagi ta’limotni yaratdi. S. S. Shvars (1919-1976) evolyutsion jarayoning ekologikmexanizmini; V. A. Dogel (1882-1955) evolyutsion jarayonda gomologik organlar sonining kamayib borishi (oligomerizatsiya) to'g'risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. A. A. Zaxvatkin (1906-1950) ko'p hujayralilarning kelib chiqishi muammosini tadqiq qildi. Keyingi davrda sistematika sohasida tadqiqotlarda solishtirma anatomiya, paleontologiya, embriologiya kabi an’ anaviy usullar bilan bir qatorda tobora ko ‘proq biokimyoviy, serologik, kariologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq etilmoqda. Atoqli rus biokimyogar olimi A . N. Belozerskiy sistematik va filogenetik tadqiqotlarda dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) tarkibini o‘rgandi. M.S Gilyarov ekologik tekshirishlar asosida hayvonlarining tuproq hosil boiish jarayonidagi va tuproq diagnostikasidagi ahamiyatini ko'rsatibberdi. M. S. Gilyarov tadqiqotlari tuproq zoologiyasini shakllanishiga sabab bo ‘ldi. A. S. Serebryakov zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning genetik usuliga asos soldi.

Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling