Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Zoologiya fanining maqsad va vazifalari


Download 44.94 Kb.
bet11/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Zoologiya fanining maqsad va vazifalari
Zoologiya (-grekchadan zoon - hayvon, logos - ta’limot, fan) -hayvonlar to‘g ‘risidagi fan; hayvonlaming xilma-xilligi, tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganadi. Bu fan inson hayoti va uning ishlab chiqarish faoliyati bilan chambarchas bog'langan. Zoologiya juda keng tarmoqli kompleks fan bo‘lib, bir qancha mustaqil fanlami o'z ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning o'zaro o ‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o'rtasidagi iyerarxik (tobelik) munosabatlarini o ‘rganadi. Sistematikaning pirovard maqsadi hayvonlaming tarixiy rivojlanishini aks ettiruvchi tabiiy sistemani ishlab chiqishdan iborat. Morfologiya hayvonlaming tashqi, anatomiya - ichki tuzilishini o'rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub bo'lgan hayvonlarning tuzilishi va ulaming tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini tekshiradi. Embriologiya hayvonlaming embrional rivojlanishi (ontogenez) ni, filogenetika esa hayvonot dunyosining evolyutsion taraqqiyot yo'lini, ekologiya hayvonlaming tashqi muhit bilan va o'zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Etiologiya hayvonlaming turq-atvorini solishtirib o'rganadi. Zoogeografiya zoologiya va fizik geografiya fanlarining bir tarmog'i bo'lib, hayvonlaming yer yuzasida tarqalishi qonuniyatlarini tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlami paleozoologiya o'rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan uzviy bog'langan. Fiziologiya esa hayvonlar organizmi funksiyasini uning tuzilishi bilan bog'lab o'rganadi. Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya bir hujayrali hayvonlami, gelmintologiya parazit chuvalchanglami, eniomologiya - hasharotlarni, akarologiya - kanalarni, ixtiologiya - baliqlami, ornitologiya -qushlarni, teriologiya - sut emizuvchilarni o'rganadi. Zoefagiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya xalq xo'jaiigi bilan uzviy bog'liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari parmatologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompIeks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlaming parazitlarini o'rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqda yashovchi hayvonlarni o ‘rganish esa tuproq hosil bo'lish jarayonini tushunib olish va tuproq umumdorligini oshirish yo'llarini ishlab chiqish imkonini beradi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling