Mavzu: Qadimgi davrda Hindiston madaniyati Nurmuhammedova Nozima Nodirjon qizi Chirchiq pedegogika instituti. Annotatsiya
Download 35.5 Kb.
|
Қадимги даврда Ҳиндистон маданияти
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sozlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Mavzu: Qadimgi davrda Hindiston madaniyati Nurmuhammedova Nozima Nodirjon qizi Chirchiq pedegogika instituti. Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimgi davrda Hindiston xalqining yaratgan madaniyati,ma'daniyatning shakllanishida diniy kitoblarning, diniy e'tiqodlarning ahamiyati, Hind ma'daniyatiga yevropaliklarning qiziqishini ortishi haqida ma'lumotlar ko'rsatib o'tilgan. Kalit so'zlar: Qadimgi diniy e'tiqodlar, hudolari,marosimlar, me'morchiligi, qadimgi davr hind adabiyoti, tabobat ilmi, fanlarning shakllanishi, Yevropalik olimlar. Ko'p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi hind madaniyati bir qator qo'shni xalqlar madaniyatining rivojlanishiga ancha kuchli ta'sir ko'rsatgan. Ko'pgina diniy to'plamlar saqlanib kelganligi sababli qadimgi hind xalqlarining dini to'g'risida ma'lumotlarga egamiz. Dehqonchilikni rivojlanishi bilan tabiatni ishlab chiquvchi kuchlari va xosildorlik mabudasi to'g'risida tasavvur paydo bo'lgan, ular bu mabudani Aditi deb atashgan, shuning uchun ham xudolarni "Aditining farzandlari yoki o'g'illari" deb atashgan. "Aditya"so'zi "xudolar" degan ma'noni anglatadi.Qishloq jamoalari ichida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish mexanizmining soddaligi bilan farq qilgan.Bu to'g'risida Karl Marks quyidagi so'zlarni keltirib o'tdi. "Biz varvarlarning egoizmini sira unitmasligimiz kerak ular bir parcha yerdan o'z manfaatlarinigina ko'zlab katta-katta imoeriyaning qanday qulab ketganini,misli ko'rilmagan jabr-zulmlar qanday qilinayotganini,katta shaharlarning aholisi qanday qilib qirilib ketayotganini, xotirjam tomosha qilib turaverganlar,-ular tabiat hodisalariga berilgan e'tiborchalik bu narsalarga e'tibor bermaganlar, bu bilan ular o'zlari ko'z ostiga olib qo'ygan har qanday zo'ravonning ojiz qurboni bo'lib qolganlar. Mayda jamoalar odamni tashqi xodisalarning xukmdori darajasiga ko'tarish o'rniga, uni bu tashqi xodisalarga tobe qilib qo'ydi, bu shu narsada ko'rinadiki tabiatning hokimi bo'lgan odamzod ganuman maymunga, sabala sigirga tiz cho'kib sajda qiladigan bo'ldi." Qadimgi Hindistonda patriarxal oila hayoti bilan bog'langan olovga topinish odati ayniqsa keng tarqalgan.Qadimgi hindular olovni "Qishloqning boshlig'i" (Vishpati) deb ataganlar, ular osmondagi olovga ham topinib, uni "Ilohiy ota"- Dayus Pitar deb ataganlar. Olovga topinish ota-bobolar e'tiqodi bilan bo'g'langan. Manu qonunlarida aytilishicha "Dastlabki hudolar ota-bobolar sanalgan va ular katta fazilatlarga ega bo'lganlar." Bu to'g'risida "shakuntala" dramasida ham ko'rsatilgan. Markazlashgan yirik davlatlar tashkil topib borgan sari yagona xudoga topinish elementlari ham paydo bo'ldi. Shunday qilib yagona xudo to'g'risida tasavvur paydo bo'lgan. Diniy urf-odatlar murakkablashib borishi bilan maxsus kohinlik ham vujudga keldi va kastaga birlashgan. "O'lgandan keyin ong bo'lmaydi chunki kesib tashlangan daraxt o'z ildizidan o'sib chiqadi,odam qaysi tomirdan o'sib chiqadi? O'lgan kishi yana qayta tirilmaydi" deb Yajnabayniya asarida ko'rsatilgan.Bundan kelib chiqib hindlar nafaqat ong mavjudligiga, balki oxiratning borligiga ham ishonmaganlar. Keyinchalik Hindistonda buddizm maydonga chiqdi. U eramizdan avvalgi 6-asrda vujudga kelgan. Bu davrda Hindistonda braxmanizm yetakchi dinga aylangan.Braxmanizm dinida "Karma" haqida ta'limot yotadi, bu ta'limotga asosan jon bir tanadan ikkinchi tanaga ko'chib o'tishi ta'kidlangan. Ilk o'rta asrlarda hinduizm shakllanib butun Hindistonga tarqaldi, u insonni sabr-toqatga chaqirgan. Ibodatxonada toat-ibodat qilish rasm bo'lgan. Bayram tantanalarining eng muhim qismi tantanali yurishlar, namoyishlar bo'lib, xudoning tasviri olib yurilgan. Qadimgi hind adabiyotida markaziy o'rinni diniy adabiyot yodgorliklari egallaydi. Ularning eng qadimgilari vedalar tashkil qilgan. Eramizdan avvalgi 1-mingyillikning 2-yarmida budda adabiyoti shakllangan.Ilmiy didaktik ruhdagi adabiyotlardan eramizdan avvalgi 5-4 asrlarda Panini tuzishgan. Hindistonda yozuv ancha kech paydo bo'lgan, uning ilk na'munalaridan Ashoka yozuvidir. Qadimgi hindlar mantiq, til kabi fanlarda katta yutuqlarga erishganlar. matematika, astranomiya bo'yicha 5-asrda mashhur olim Ar'iyabxatta harakatning nisbiyligi asosida yerning o'z o'q atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida aylanishini faraz qilganlar. Matematikada nolni kiritilishi, arab raqamlari deb aytilgan raqamlar Hindistondan kelib chiqadi.Eramizning 1-asrida turli adabiy janrlar mavjud bo'lgan.Bu davrda mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qilgan. "Panchatatra" kitobi, uning arabcha tarjimasi "Kalila va Dimna" deb atalgan.Maurilar davridan keyin g'isht va toshdan qurilishda keng foydalanishgan. Hozirgacha saqlangan obidalari ichida G'arbiy Hindistondagi budda monastiri diqqatga sazovordir.Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoka yozuvi bitilgan tosh ustunlardir. Hindistonda meditsina ham yaxshi rivojlangan, dorilar tayyorlash uchun dori o'tlar ishlatilgan. Qadimgi Hind meditsinasi bilan antik meditsinasi bir-biriga o'xshab ketadi. Buning sababi Hindistonni antik dunyo bilan aloqasi yaxshi bo'lgan va o'zaro ta'sir qilganligidir. Bu ta'sir Aleksandr Makodoniskiyning Hindistonga yurishidan keyin ancha yuksalgan. Masalan, Yajurvavedada organizmda to'rt xil asosiy suv-shira borligi to'g'risidagi ta'limot bor, bu ta'limot grek meditsinasining otasi Gippokratning ta'limotiga o'xshaydi. Astronomiya sohasida ham bir qancha bilimlar to'plangan. Quyoshingning fazoda yurganday bo'lib ko'rinishini kuzatish, oy harakati va fazolarni kuzatish, yulduzlar va osmonni kuzatish. Xatto vedalar davridayoq kalendar ishlab chiqishdi. Bu kalendarga muvofiq yil 12 oyga, oy esa 30 kunga bo'lingan. Hindistonda ta'lim sohasi ham bir qator rivojlangan eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim ma'daniyati ta'siri ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida Markaziy va SHarqiy Osiyoning budda ma'daniyatiga ta'sir qildi. Madxura va Dekan maktabi Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko'proq bo'g'langan. Ana shu maktablar asosida o'ta asr Hind va Janubiy Sharqiy Osiyo manlakatlari maktabi shakllandi. Qadimgi Hind adabiyoti asralarining katta qismi veda, epik va budda adabiyotlari an'anaviy janrlarga tegishli bo'lib, asrlar davomida saqlanib kelgan. Aynan shu matnlarni eslab qolish, uzatish, talqin qilish lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo'ldi. Janubiy Osiyoda Mauriylardan so'ng turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyot- drama, poeziya va proza, me'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob yodgorliklarining yaratilishiga sabab bo'ldi. Hindiston tarixini bayon qilgan vedalarning falsafiy ruhdaligi Yevropalik olimlarning ham qiziqishiga sabab bo'lgan va bu antik davrda paydo bo'lgan, 19-asrda shakllangan. Bu olimlarga: A.Veber, M.Myuller, D. Vitni, G. Grasman, G. Oldinburg, R. Pishel, A. Bergan, A. Kit, A Makdonell, L. Renu, I.Xertel, G.Lyuders, G.Ertel, P.Timelar. Shunday qilib Hindlar o'ziga xos ma'daniyat yaratib, bu bilan jahon ma'daniyatining xazinasiga ulkan hissa qo'shganlar. O'rta Osiyolik Abu Rayhon Beruniy ham Hindistonga safar qilib, sansikritni, uning geografiyasi, adabiyoti, tarixi, falsafasi, qonuni, dini, urf-odatlarini atroflicha o'rgangan va o'z bilimlari asosida "Hindiston" asarini yozgan. Xulosa qiladigan bo'lsak, Hindiston qadimdan moddiy va ma'naviy ma'daniyatga asos solgan davlat hisoblanadi. Va bu ma'daniyat SHarq xalqlarining falsafiy qarashiga ta'sir qilmagan, chunki ularda diniy qarashlar ustinlik qilib, turli hudolarga e'tiqod qilishgan. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy o'sishiga juda katta ta'sir qilgan. Hindlar yaratgan moddiy manbalar uzoq davr mobaynida xalqning mehnatini yengillashtirgan. Hozirgi kunda Hindistonda bir necha millat, din vakillari yashab keladi, ular o'zlarining urf-odatlariga egadurlar. Hindistondagi qurilgan imoratlarning ko'pi Yunesko yodgorligi ro'yxatiga olingan. Bizlar Hind ma'daniyatini o'rganish orqali uning sharq xalqlari miqyosidagi o'rnini yunonlar olib kelgan ma'daniyatdan biz uchun naqadar ahamiyat kasb etishini bilib olamiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Tuzuvchi-Qodirov. M "Qadimgi dunyo falsafasida ontologik bilimlar transformatsiyasi" I. Karimov- Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. B.U.Abdiyev- Qadimgi sharq tarixi. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling