Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakillanishi. O`rta asrlarda mantiq ilmi


Download 120 Kb.
bet1/4
Sana12.10.2023
Hajmi120 Kb.
#1701024
  1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakillanishi. O`rta asrlarda mantiq ilmi.


Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakillanishi. O`rta asrlarda mantiq ilmi.

Reja:
Kirish



  1. Mantiq.

  2. Metodologiya – uslublar haqidagi ta’limot

  3. O`rta asrlarda mantiq ilmi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
«Mantiq» arabcha so’z bo’lib, ma’nosi bo’yicha «logiga» so’ziga muvofiq keladi. «Logiga» atamasi esa, grekcha «logos» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «fikr», «so’z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko’pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o’z aksini topadi. Xususan, mantiq so’zi, birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantiqi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo’lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o’rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig’indisini (masalan «subyektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o’rganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so’zlarining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o’rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo’lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog’liq bo’lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo’lgan narsalarni tushunib yetishga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekani, kishilar o’z oldilariga ma’lum bir maqsadlarni qo’yadilar. Ular o’rganilishi lozim bo’lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo’nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling