Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakillanishi. O`rta asrlarda mantiq ilmi
Ilmiy ijod metodologiyasi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 120 Kb.
|
Qadimgi dunyoda mantiq ilmining shakillanishi. O`rta asrlarda mantiq ilmi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilish – inson faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, narsa va hodisa, olam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir.
- Empirik bilish – narsa va hodisalarni inson bilan bevosita yoki asbob-uskunalar orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonidir.
- Bilishning nazariy bosqichi – insonning narsa va hodisalar mohiyatiga tafakkur orqali kirib borishidir.
Ilmiy ijod metodologiyasi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ilmiy ijod metodologiyasi kursi boshqa fanlar bilan ham aloqadadir. Bu kurs ham boshqa fanlarga o‘xshab o‘z predmetini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘zini to‘la namoyon qila oladi. Demak, ilmiy ijod metodologiyasi falsafa, matematika, fizika, biologiya, iqtisodiyot, sotsiologiya, pedagogika, psixologoya, adabiyot, san’at, mantiq fanlari bilan o‘zaro munosobatdadir. Chunki, bu fanlar ham ijod jarayonlari bilan bog‘liqdir. Ular ham metodologiyaga, metodologiya esa ularga muhtojdir. Bu jarayonlarning barchasi bilish bilan bog‘liqdir. Bilish – inson faoliyatining ajralmas qismi bo‘lib, narsa va hodisa, olam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishdir. Bilish orqali u yoki bu voqelik inson ongida aks etadi. Shu sababli, fanlarning barchasi bilish jarayonidan foydalanib o‘z funksiyasini bajaradi. Fanning ma’lum turi erishgan kashfiyot, ikkinchi fan turiga ta’sir qiladi. Fan va ilmiy ijod bilan shug‘ulanayotgan kishi tafakkuri ob’yektga doimiy yaqinlasha boraveradi. Chunki bilim jarayoni murakkab holda kyechadi. Turli bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu bosqichlar sezgilar, idrok, tasavvurni o‘z ichiga oladi. Barcha fanlardagi ob’yektlarni bilish uchun ulardagi jarayonlarni bilish zarurdir. Bilish dialektik xarakterdadir. U ziddiyatlar orqali amalga oshadi. Bilimda aks etish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Aks etishsiz bilish amalga oshmaydi. Shu jihatdan aytish mumkinki, barcha fanlar ob’yektlarini o‘rganish ham aks etish (in’ikos)ga bog‘liq. Bilish yordamida barcha fanlardagi qonun va qonuniyatlar ochiladi. Tabiat narsalarining xilma-xilligi o‘rganiladi. Bularning barchasida metod va metodologiya qo‘llaniladi. Tashqi olam narsalari va hodisalar bilish ob’yektlaridir. Bu ob’yektlar fanlarda aks etadi. Ta’kidlash lozimki, amaliy faoliyat ehtiyojlari bilish jarayonining yo‘nalishini belgilab beradi. Yechish zarur bo‘lgan muhim muammolarni o‘rtaga qo‘yadi. Fanlar rivojlanish sur’atlarining shart-sharoitlarini aniqlab beradi. Moddiy noz-ne’matlar ishlab chiqarish bilish muammolarini hal qilish uchun turli asbob-uskunalar, texnik vositalar, jihozlar yetkazib beradi. O‘z navbatida bilish faoliyati ham ishlab chiqarishda mujassamlashadi, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Ilmiy ijod metodologiyasi singari boshqa fanlar ham bilish bilan bog‘langan. Bilish orqali boshqa fanlar ham rivoj topadi. Bilish insonning faoliyatida empirik va nazariy jihatdan namoyon bo‘ladi. Empirik bilish – narsa va hodisalarni inson bilan bevosita yoki asbob-uskunalar orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Bu bilishning o‘ziga xos metodlari kuzatish, tasvirlash kabilardir. Bilishning empirik darajasida narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishlari qayd etiladi, dalillar to‘planadi. Bilishning nazariy bosqichi – insonning narsa va hodisalar mohiyatiga tafakkur orqali kirib borishidir. Bunda metodologiya fani (iqtisodiy, siyosiy, texnikaviy) orqali tafakkur yordamida u yoki bu sohalarni modellashtiradi, gipoteza, intuitsiya, faraz, dalillar orqali fikran shakllantiradi. Demak, ilmiy ijod metodologiyasi bilish nazariyasi bilan mustahkam aloqadadir. Xulosa Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog’liq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo’li bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning obyektini qayd etish orqali asoslanadi. O’z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo’naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko’rsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol his qilinadi va qidiriladi. Lekin, shunga qaramasdan hissiy bilish o’z imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to’plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o’rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan havoning harorati o’rtasidagi bog’lanish) o’rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. Download 120 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling