Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari. Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi
Download 489.35 Kb.
|
Mantiq
Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari. Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi. Uni o‘rganish insonga olamni bilish, bilimlarini ko‘paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to‘g‘ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bolgan inson to‘g‘ri tafakkur shakllari va ular bilan bogliq qonun-qoidalarni bilib olar ekan, o‘z fikrini mantiqan to‘g‘ri qurishga, asoslangan bolishiga, nafaqat o‘zining balki boshqalaming ham fikrlaridagi noaniqliklami aniqlashga va tuzatishga o‘rganadi. Bu ish uzoq tarixga ega bolgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etad
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bogliq. U birinchi bolib, ushbu ilm o'rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Soflstik raddiyalar haqida» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga baglshlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan. Aristotel o‘z ta’limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi term in sifatida qollanila boshlagan
Download 489.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling