Mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari. Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinadi
Download 489.35 Kb.
|
Mantiq
Noan’anaviy (noklassik) mantiq — klassik mantiqni tanqid qilish va takomillashtirish bilan birga, uni mukammallashtirish, toldirish va undagi zamonaviy mantiqning asosini tashkil etuvchi g‘oyalarni yanada rivojlantirish natijasida vujudga kelgan mantiqiy nazariyalarning majmuyidir. Zamonaviy mantiq atamasi XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida mantiq ilmi rivojining hozirgi bosqichi n i ifodalash uchun qollaniladi. Bu bosqich yana matematik mantiq va simvolik mantiq terminlari bilan ham ataladi. Matematik mantiq terminining qollanishi uning zamonaviy mantiq bilan qollaydigan usullariga ko‘ra o‘xshashliklarini bildiradi. «Simvolik mantiq» termini esa zamonaviy mantiqda mantiqiy tahlil qilish maqsadida maxsus yaratilgan formallashgan tillar qollanishini ko‘rsatadi.
Tafakkur va uning xususiyatlari. Tafakkur bilishning yuqori bosqichi ratsional (lotincha ratio — aql) bilish bolib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy boglanishlar aks ettiriladi. Aqliy bilish, tafakkurlash voqelikni abstraktlashgan (mavhumlashgan) va umumlashgan holda aks ettiradi. Tafakkurlash til bilan uzviy aloqada, ya’ni til fikrning voqe bolish shakli hisoblanadi. Sharq mutafakkirlari tilga katta e’tibor berganlar. Tafakkur (aqliy bilish) hissiy bilish bilan uzviy bogliq. Tafakkur yordamida buyum va hodisalarning mohiyatini tushunishga erishiladi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun-qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan xoli fikrlash ana shu qonunqoidalarga amal qilishni taqozo etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlash yoki rad etish, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlash yoxud inkor etishga xizmat qiladi.
Download 489.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling