14-mavzu: shaxsning hissiy-irodaviy sohasi reja. Emotsiya haqida tushuncha Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari


Download 33.75 Kb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi33.75 Kb.
#1100807
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12.Shaxsning xissiy irodaviy soxasi


14-MAVZU: SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHASI
REJA.
1. Emotsiya haqida tushuncha
2. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari
3. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar
4. Emostiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon- Bard, S.Shaxter, D.Zinger)
5. Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo’yicha)
6. Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari


Emotsiya haqida tushuncha
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni subyektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudot bo’lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (obyektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan obyektlarga subyekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Subyektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg’ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi.
Hissiyot - yaqqol voqelikning ehtiyojlar subekti bo’lmish shaxs miyasida obyektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. Mulohazalardan ko’rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, ko’lam, sifat, shakl jihatidan qo’llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo’lar edi. Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo’llanilib kelinadi: 1) subyekt (shaxs) bilan obyekt (narsa) o’rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o’zaro aloqa o’rnatish (obyektiv munosabatlar); 2) o’rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy subyektning ehtiyojlari va ularning obyektlararo munosabati (subyektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o’rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo’llaniladi. Jumladan, hissiyot o’rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo’lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda “Hissiyot”, odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo’llaniladi. Jahon psixologiyasida “hissiyot” bilan “emotsiya” terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo’ladigan his-tuyg’ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o’zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko’zlarning yarqirashi, kulgi, yig’i, g’amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g’ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o’zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo’nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo’lar edi. Shu boisdan ularning o’zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.

Download 33.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling