5-Mavzu:Kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o’rni Reja: 1. Hissiyot,uning turlari va Hissiy holatlarning ifodalanishi va Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashishi. 2.Irodaviy faoliyatning umumiy turlari.Shaxsning Irodaviy sifatlari va uni tarbiyalash. 3.Xulq-atvorni irodaviy boshqarish.Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biron- bir narsa to'g'risida bilib ldish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |